Graflar ustida sodda amallar Graflar ustida turli amallar bajarish mumkin, masalan, graflarni birlashtirish, biriktirish, ko'paytirish, grafni qismlarga ajratish va hokazo. Eng sodda amallardan biri sifatida grafdan uchni olib tashlash amalini keltirsa bo'ladi. Bu amalni qo'llash berilgan grafning uchlari to'plamidan biron element yo'qotish (olib tashlash)ni anglatadi. Natijada uchlari soni bittaga kamaygan yangi graf hosil bo'ladi.Albatta, bu amalni uchlari soni ikkitadan kam bo'lmagan graflar uchun qo'llash mumkin bo'lib, uni bajarish jarayonida olib tashlanayotgan uch bilan birgalikda shu uchga insident bo'lgan barcha qirralar (yoylar) ham olib tashlanadi. Eng sodda amallar qatoriga grafdan qirrani (yoyni) olib tashlash amalini ham kiritish mumkin.Bu amalga ko'ra, berilgan grafning qirralari (yoylari) to'plamidan birorta element yo'qotiladi (olib tashlanadi).Berilgan grafdan qirrani (yoyni) olib tashlayotganda shu qirraga (yoyga) insident uchlarni grafda qoldirish ham, yo'qotish ham mumkin.Bu yerda vaziyatga qarab ish yuritiladi. G=(V,U) va G'=(F,tf) graflar berilgan bo'lsin. Agar VqV' va G grafning barcha qirralari (yoylari) G' grafning ham qirralari (yoylari), ya'ni UcJJ' bo'lsa, u holda G graf G' grafning qism grafl, deb ataladi. 1-misol.1-shaklda Petersen grafining (ushbu bobning 2-para-grafidagi 8-shaklga qarang) qism graflaridan biri tasvirlangan.■ Agar G graf karrali qirralarga ega bo'lmasa, u holda uchlari G grafning barcha uchlaridan iborat bo'lgan shunday yagona G graf mavjudki, G grafdagi barcha juft uchlar faqat va faqat G grafda qo'shni bo'lmagandagina qo'shnidir. Bunday G graf berilgan G grafning to'ldi-ruvchi grafl, deb ataladi. Berilgan graf uchun to'ldiruvchi grafni qurish jarayonini ham graflar ustida bajariladigan amallar qatoriga kiritish mumkin. G graf uchun to 'Idiruvchi grafni qurish amalini qo'llash natijasida G graf hosil bo'ladi. Isbotlash mumkinki, G = G munosabat o'rinlidir. 2-misol.2-shaklda tasvirlangan graf 1-shaklda ifodalangan graf uchun to'ldiruvchi grafdir. Graflar ustida shunday amallarni bajarish mumkinki, ular elementlari soni berilgan grafdagidan ko'proq bo'lgan boshqa graflarning hosil bo'lishiga olib keladi.Bunday amallar qatoriga uchni qo'shish amali yoki qirrani (yoyni) qo'shish amalini kiri-tish mumkin. Grafga yangi uchni qo'shish turli-cha usul bilan amalga oshirilishi mum-kin. Masalan, yangi v uchni berilgan grafga qo'shish shu grafning Vj va v2 uchlariga insident bo'lgan qandaydir иqirrasiga qo'shish orqali quyidagicha ikki bosqichda bajarilishi mumkin: иqirra berilgan grafdan olib tashlanadi; hosil bo'lgan grafga ikkita yangi qirralar: v va Vj uchlarga insident uxqirra hamda v va v2 uchlarga insident u2qirra qo'shiladi. Bu jarayon grafda qirraga darajasi 2 bo 'Igan yangi uchni qo 'shish (kiritish) yoki qirrani ikkiga bo'lish amali, deb ataladi. Agar G graf G' grafdan qirrani ikkiga bo'Ush amalini chekli marta ketma-ket qo'llash vositasida hosil qilingan bo'lsa, u holda G graf G' grafning bo 'linish grafi, deb ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:13 ]
Arxiv ichida: doc