Investitsiya samaradorligini moliyaviy tahlil qilishda matematik usullar Reja: Investitsiyaning o'z-o'zini qoplash davri Investitsiyaning foydalilik darajasi (normasi) Investitsiyaning sof joriy bahosini aniqlash Investitsiyaning foydalilik indeksini (samaradorligini) hisoblash Investitsiya nazariyasi moliya nazariyasining o'ta murakkab va muhim yo'nalishlaridan biridir. Investitsiya loyihasi deganda shunday loyihani tushunish kerakki, bunda eng avval ishlab chiqarishga, qurilishga, savdoga, qimmatli qog'ozlarga yoki boshqa biror sohaga kapital mablag' sarf qilinadi. So'ngra bu mablag'lar investitsiya muddati so'ngida malum miqdordagi foyda bilan investorga qaytib keladi. Investorning vazifasi loyiha muddati boshidagi ma'lumotlarga asoslanib o'zida bor bo'lgan mablag'larni optimal taqsimlashdan iborat. Buning uchun investor quyidagi masalalarni hal qilishi kerak: Mavjud sohalardan qaysi biriga kapital mablag' sarf qilganda, uning oladigan daromadi maksimal bo'ladi? Investitsiya muddatini qanday muddatga belgilash kerak? 3. Qanday foiz stavkani tanlash kerak? Bu savollarga javob topish uchun murakkab hamda noaniqlik va tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lgan masalalarni yechish kerak bo'ladi. Bunday masalalarni yechish matematik modellar va usullardan foydalanishni talab qiladi. Hatto eng sodda matematik modelni tuzish va undan foydalanish investitsiya parametrlarini aniqlashga, ular orasidagi bog'liqlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Kezi kelganda shuni aytish joizki, matematik modellar va usullar moliyaviy tahlil bo'yicha yechim qabul qiluvchi tajribali, yetuk mutaxassislarning o'rnini bosa olmaydi, lekin ularga to'g'ri yechim qabul qilishda ko'maklashadi. O'rta va uzoq muddatga mo'ljallangan investitsiya samaradorligini hisoblash investitsiyalar to'plami ichida optimal variant topishda investorlarga yordam beradi. Adabiyotda investitsiya samaradorligini hisoblashning turli usullari muvjud. Bu usullarning deyarli barchasi quyidagi ko'rsatkichlarni baholashga asoslangan: joriy sof daromad; ichki foydalilik darajasi (normasi); o'z-o'zini qoplash davri; foydalilik indeksi yoki samaradorlik. Ushbu parametrlarni aniqlash uchun mavjud bo'lgan barcha usullarni 2 ta guruhga ajratish mumkin: a) statik (an'anaviy) usul; b) dinamik usul. Statik (an'anaviy) usullar vaqt omilini nazarga olmaydigan va loyihaning sifati haqida yuzaki axborot beruvchi usullardir. Dinamik usullarda, statik usullardan farqli o'laroq,, vaqt omili nazarga olinadi. Investitsiya xarajatlarini va undan olinadigan daromadlarni o'zaro solishtirish uchun ularni malum bir vaqt oniga keltirish (diskontlash) kerak. Parametrlarni diskontlashga hamda pulning davriy bahosi konsepsiyasiga asoslangan usullar dinamik usullar deb ataladi. Endi investitsiya samaradorligi ko'rsatkichlarini topish usullari bilan tanishamiz. 1-§. Investitsiyaning o'z-o'zini qoplash davri. 1-ta'rif. O'z-o'zini qoplash davri investitsiya samaradorligini ko'rsatuvchi parametr bo'lib, u investorlarga ular tomonidan sarf qilingan kapital mablag'larni har yilgi kutiladigan sof pul oqimlari asosida qoplash vaqtini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich yillar bilan o'lchanadi. 2-ta'rif. Yillik sof pul oqimi deb ko'rilayotgan loyiha bo'yicha soliqlar to'langandan so'ng ortib qoladigan yillik sof foydaga aytiladi. O'z-o'zini qoplash davri 2 xil bo'ladi: O'rtacha o'z-o'zini qoplash davri; haqiqiy o'z-o'zini qoplash davri. O'rtacha o'z-o'zini qoplash davri quyidagi formula orqali topiladi: ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:21 ]
Arxiv ichida: doc