Islom mamlakatlarida matematika REJA: O'nli (vaziyatli tizim) pozision sistema Abjad Hisobi Xorazmiyning algebrasi Xorazmiyning «al-jabr va-l-muqobala» asaridagi meros taqsimlashga doir masalalar Xorazmiy geometriyasi Sonlar nazariyasiga oid masalalar Ildiz chiqarish va Nyuton binomi Trigonometriyaning rivojlanishi Ibn Iroq Abul Vafo Buzjoniy Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati Beruniyning matematikaga doir eng muhim asarlari Sferik uchburchaklar uchun tangenslar teoremasi Trigonometrik jadvallar haqida Ulug'bek va uning akademiyasi Ulugbek ziji Ulug'bekning Samarqand akademiyasi* Ulug'bek kutubxonasi va uning keyingi taqdiri Ulug'bek akademiyasi ishining davom ettiruvchilari G'iyosiddin Jamshid Al-Koshiy Bir daraja sinusini hisoblash VII asrda Arabistonning beqiyos rivojlanib ketishidan butun dunyo hayratda qoldi. VI-VII asrlarda Araviya siyosiy va iqtisodiy tanglikni boshidan kechirar edi. 622 yili Muhammad payg'ambarimiz o'zining siyosiy muxoliflaridan qochib, Makkadan Yasrib (Madina)ga o'tdi va Yasribda islom(yakka xudolik) dinini yaratdi. O'sha shaharda islomni qabul qilganlarning ittifoqini tuzdi. Ittifoq a'zolari Muhammadni payg'ambar deb tan olishdi. O'sha 622 yil musulmon kalendarining, ya'ni hijriy yil hisobining boshi uchun qabul qilindi, 630 yili Muhammad Makkaga qaytib keldi va o'z muxoliflari ustidan g'alaba qozondi. U 632 yili esa vafot etdi. Uning o'rinbosarlari-xaliflar dinsizlarga islom dinini qabul qildirish shiori ostida Sharq va G'arb mamlakatlariga bir necha harbiy yurishlar uyushtirishdi. Ular salkam yuz yil ichida dunyoning juda ko'p qismini bosib olishdi. Ular 711 yili Afrika bo'g'ozi orqali Yevropaga hujum qildi. 712 yili Xorazm va Panjobni zabt etdi. VII asrning o'rtalarida arablar Afrikaning O'rta Yer dengizi sohillaridagi mamlakatlarida, Yaqin Sharqda, Kichik Osiyoda, Kavkazda, O'rta Osiyoda va Inda vodiysining bir qismida hukmronlik qilar edi. Omoiydlar davrida (635 yil) xalifalikning markazi Damashqda edi. Abbosiylar davrida(732 yil) al-Mansur poytaxtni Bag'dodga ko'chirdi. Arab xalifaligida arab tili fan va davlat tili edi. Arablar bosib olgan yurtlarda ular o'zlarining madaniyatidan yuqoriroq madaniyatga duch kelishdi. Ular avval o'sha xalqlarning fani va madaniyatini o'rgandi, o'zlashtirdi, keyin esa yerli xalqlar bilan birgalikda o'ziga xos yangi madaniyat kashf etishdi. Ko'pgina hollarda yerli xalqning madaniyatini butunlay yo'qotib yuborishdi. Ikkinchi xalifa Umar(634-644) Eronni bosib olgach, u yerdagi kitoblarni yo'qotib yuborganligi haqida ma'lumotlar bor. U «agar bu kitoblarda haqiqatga eltuvchi biror narsa bo'lsa, biz haqiqatga yanada yaxshi eltadigan(ko'rsatmalar) ni Ollohdan olamiz, agar ularda yolg'on narsalar bo'lsa, ular bizga kerak emas»*,-deydi. Abu Rayhon Beruniy(973-1048) o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida Xorazmning qadimiy madaniyatini arablar qanday qilib yo'q qilib yuborishgani haqida afsuslanib yozadi: «Qutayba Xorazm yozuvini, ularning ijodini yaxshi biladiganlarni, xorazmliklarda mavjud bo'lgan bilimlarga o'rgatadiganlarni yo'q qilib yubordi va turli qiynoqlarga soldi, natijada bu ijodlar shunchalik maxfiylashdiki, endilikda islom qabul qilingandan keyin ham nimalar ro'y berganligini aniq o'rnatish mumkin ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:22 ]
Arxiv ichida: doc