Ko'p o'lchovli statistik tahlil usullari

Ko'p o'lchovli statistik tahlil usullari

O'quvchilarga / Matematika
Ko'p o'lchovli statistik tahlil usullari - rasmi

Material tavsifi

Ko'p o'lchovli statistik tahlil usullari Reja: Faktorli tahlil Bosh komponentalar usuli Ko'p sondagi korrelatsiyalangan miqdorlardan, yangi oz sondagi korrelatsiyalanmagan miqdorlarga o'tish ko'p o'lchovli statistik tahlilning mohiyatini tashkil qiladi. Iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'zgarishini belgilovchi va iqtisodiy obyektlarni tasniflashni o'rganuvchi yashirin faktorlarni aniqlash va ularni tahlil qilish ko'p o'lchovli statistik tahlilni asosiy masalalaridir. Iqtisodiy ko'rsatkichlar o'zgarishini belgilovchi omillar to'plami komponentalari orasida stoxastik bog'lanishlar bo'lgan ko'p o'lchovli vektor sifatida hamda yashirin faktorlar esa markazlashtirilgan va korrelatsiyalanmagan t.m.lar deb qaraladi. Mana shunday yashirin faktorlarni aniqlash faktorli tahlilning, xususan, bosh komponentalar usulining asosiy masalalarini tashkil qiladi. Iqtisodiy obyektlarni tasniflashda ko'p o'lchovli tanlanma iqtisodiy omillar qiymatlaridan tuziladi. Har bir ko'p o'lchovli tanlanma - ko'p o'lchovli t.m.ning amalga olingan qiymatlaridan iborat bo'lib, u o'rganilayotgan iqtisodiy obyektni tavsiflashga, sinflarga ajratishga xizmat qiladi. Shu maqsad yo'lida ko'p o'lchovli t.m.ning taqsimot funksiyasi haqida oldindan ma'lumotga ega bo'lish muhimdir. Agar mana shunday ma'lumot bo'lmasa, sinflarga ajratish ularni tashkil qiluvchi obyektlar yaqinligi asosida amalga oshiriladi; bunda bir sinfdagi obyektlar yaqin, turli sinfdagilari esa bir - birlaridan uzoq da bo'ladilar. Obyektlar orasidagi yaqinlik ni belgilovchi masofa turlicha aniqlanishi mumkin, xususan, n o'lchovli Yevklid fazosidagi masofa deb ham aniqlanishi mumkin. Endi faktorli tahlil usuliga o'taylik. Quyidagi holatni o'rganaylik. Aniq bir shaxsga yakka holda kiyim tikish lozim. Buning uchun shu yakka shaxsni qaddi - qomatini tavsiflaydigan bir nechta ma'lumotlar yig'iladi. Shu kiyim sanoat korxonasida ishlab chiqilsa faqat uchta o'zaro bog'liq ma'lumotlarga asoslanadi xolos: o'lcham, bo'y va to'lalik. Bu holat faktorli tahlilning asosiy masalasini to'liq namoyish qiladi: boshlang'ich ko'p sondagi o'zaro bog'langan F1, …, Fk, k ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.77 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.77 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga