Maple amaliy dasturlar paketini ishga tushirish, uning asosiy imkoniyatlari va interfeysi REJA: Maple amaliy dasturlar paketini ishga tushirish. Maple dasturining interfeysi. Maple oynasi tuzilishi Maple 9.5ni ishga tushirish Foydalanuvchi Maple 9.5 amaliy dasturlar paketini ishga tushirishning bir necha xil usullaridan foydalanishi mumkin. Biz anashu asosiy standart usullarni keltirib o'tishni joiz deb bildik: 1) Masalalar paneli yordamida Masalalar panelidagi Пуск (Ishga tushirish) tugmachasini bosish orqali; Sichqonchaning ko'rsatkichini Программы (Dasturlar) bandiga etish orqali; So'ngra, Maple 9.5 dan Classic Worksheet Maple 9.5 yoki Maple 9.5 ni tanlab, sichqonchani chap tugmachasini bosish kerak. 2) Ishchi stolda mavjud yorliqlar yordamida Classic Worksheet Maple 9.5 yoki Maple 9.5 ni Masalalar panelidan ishga tushirish o'rniga foydalanuvchi Windows operatsion tizimining Рабочий стол (Ish stoli)da Maple 9.5 uchun yorliq yaratishi va shu yorliq orqali Maple 9.5 amaliy dasturlar paketini yuklashi ya'ni ishga tushirishi mumkin(bu yerda ham shuni aytib o'tish kerak-ki, Maple 9.5 amaliy dasturlar paketi o'rnatilayotganda Рабочий стол (Ish stoli)ga dastur yorliqlari o'natilgan bo'lishi mumkin). Agar ishchi stolda yorliqlar mavjud bo'lmasa, unda quyidagi bosqichlarni bajarish lozimdir: Ish stolining bo'sh maydoniga borib, sichqonchaning o'ng tugmachasi yordamida kontekst menyuni ochish; menyudan СоздатьЯрлык (YaratishYorliq) buyruqni tanlash; yorliq yaratish muloqat oynasidan Obzor tugmachasini bosish kerak; Program Files Maple 9.5bin.win papkasiga o'tish kerak; cwmaple9.5 yoki maplew9.5 bandini belgilanadi hamda Открыть (Ochish) buyruqni tanlanadi. So'ngra Далее (So'ngra) tugmachasini bosib, yorliqning nomini kiritiladi; Готово (Tayyor) tugmachasi bosiladi. Paydo bo'lgan yorliq Maple 9.5ni tez ishga tushirish imkonini yaratadi. Interfeysi Maple 9.5 tizimida quyidagi asosiy imkoniyatlar mavjud: Foydalanuvchi ixtiyoriy dasturiy tizimdan foydalanish uchun uning foydalanuvchilar bilan muloqot muhiti(interfeys)ni yaxshi bilish kerak. Biz Classic Worksheet Maple 9.5 va Maple 9.5 tizimlarining Windows operatsion muhitida joriy qilingan interfeysi haqida to'xtalamiz. Foydalanuvchi tomonida tizimlar ishga tushurilgandan keyin quyida ko'rsatilgan interfeys oynalar paydo bo'ladi. Oynalar olti qismdan tashkil topgan: Sarlavha satri; asosiy menyular satri; asosiy instrument(vosita)lar paneli; kontekstli uskunalar paneli; ishchi varaqning maydoni; holatlar satri. Sarlavhada Maple tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi ko'rsatiladi. Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning mazmuniga qarab o'zgarib turadi. Ishchi varaqning foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlar kiritiladigan qismiga kiritish maydoni deyiladi. Kiritish maydoniga Maplening buyruqlariini, operatorlarini va izohlar uchun matn kiritish mumkin. Kiritish maydonida buyruqlarni Maple talqinida yoki odatdagi matematik yozuv talqinida aks ettirish mumkin. Natijada ushbu panelda kiritish maydoni paydo bo'ladi (2-shakl). Enter - tugmasi bosilgandan keyin kiritilayotgan buyruqning yozuvi kontekstli instrumentlar panelining kiritish maydonida aks ettiriladi, unga mos matematik talqinidagi yozuv esa odatdagi kiritish maydonida aks ettiriladi. tugma qayta bosilsa, kiritish maydonidagi ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
217.7 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
217.7 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:39 ]
Arxiv ichida: doc