Maple amaliy dasturlar paketining maqsadi va vazifalari Reja : Maple amaliy paketining versiyalari. Maple tizimining imkoniyatlari. XX asrning oxirlarida boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar yaratishda yangicha texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlarini ochib berdi. Shuni ta'kidlash keraki, Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan katta EHMlar uchun yaratilgan. 200 yil dekabr oyining oxirida esa Maple 6 tizimi shu universitetida yaratildi. Waterloo universiteti 2004 yil 7 aprelda Maple 9.5 tizimi yaratildi. Bu tizim iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik va h.k. yo'nalishdagi masalalarni yechishda matematikaning analitik hamda sonli usullarini qo'llashni amalga oshiradi. Shuning uchun hozirgi kunda ham Maple 6, Maple 7, Maple 8, Maple 9.5 tizimilaridan keng foydalanib kelinmoqda. Kompyuter algebrasi tizimlari hisoblash tizimlari uchun qo'llaniladigan kompyuter intellekti tushunchasini mazmun va mohiyatini amalda namoyish qilish imkoniyatini yaratdi. Bu tizimlar amaliy dasturlar ta'minotini yaratuvchi mutaxassislar uchun quyidagi vositalarni yaratadi[1]: yuqori saviyadagi dasturlashtirish tizimi; hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tahrirlash imkoniyatini beruvchi redaktorlar; foydalanuvchilar uchun bevosita muloqot asosida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko'p oynali interfeys; yuqori saviyadagi ma'lumotnoma tizimi; matematik ifodalarni qayta ishlovchi algoritm va qoidalar majmuasi; analitik va sonli amallarni bajaruvchi dasturiy protsessor; muloqot jarayonida sodir bo'ladigan xatoliklarni ko'rsatuvchi diagnostika tizimi; tizimning bevosita yadrosiga biriktirilgan funksiyalar kutubxonasi; tizimni qo'llash va matematik usullarni tatbiq qilish uchun kerak bo'ladigan paketlar majmuasi. Bu vositalar amaliy dasturiy ta'minot yaratishdagi masalaning matematik modelini keltirib chiqarish, hisoblash usullarini tanlash, hisoblash eksperimentlarini o'tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonini to'liq avtomatizatsiyalash imkonini beradi. Bu esa, amaliy dasturlar ta'minotni tashkil qilishning tamoyillarini va masalalarni EHMda yechishning an'anaviy texnologiya doirasida qo'llanilib kelgan usullarini tubdan o'zgartiradi. Tizimning asosiy imkoniyatlari Maple 9.5 tizimida quyidagi asosiy imkoniyatlar mavjud: biror elektron jadval sistemasida (masalan MS Exel) ma'lumotlarni tahlil qilish uchun ko'nikma hosil qilingan bo'lsa - Maple 9.5 sistemasida ham juda ko'p matematik va statistik funksiyalar asosida ma'lumotlarni tahlil qilishning grafikli integrallashgan muhiti mavjud; murakkab funksiyalarning ikki o'lchamli, uch o'lchamli fa'zolarda grafiklarini chizib berishi mumkin; Maple 9.5 ning programmalashtirish tili asosida murakkab matematik, texnik va boshqa sohalardagi masalalarni yechish imkoniyatini beradi; o'quv jarayonini tashkil qilishda kerakli mavzularning mashq va masalalar obyektlarining harakatini namoyish qilish uchun animatsion grafik muhit mavjud; talabalar matematik usullarni o'rganishda juda murakkab hisoblarga vaqtini sarflamasdan, faqat usullarning mohiyatini, qo'llanilish sohalarini o'rganishlari uchun maxsus Student paketi mavjud; Maple 9.5 Windows, VMS, Unix, Linux kabi operatsion muhitlarda joriy qilingan; Windows operatsion tizimidagi MS Office ning turdosh ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.47 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.47 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:39 ]
Arxiv ichida: doc