Maple tizimidagi grafik muhit va undan foydalanish REJA: Mapleda funksiyalarning ikki o'lchovli grafiklari. Oshkormas funksiyalarning grafiklari. Berilgan tengsizliklar uchun qurilgan ikki o'lchovli soha. Mapleda funksiyalarning ikki o'lchovli grafiklari Amaliy dasturlar paketiga kiruvchi Maple da grafiklarni chizish juda oson va qulay, chunki birgina grafikni chizish uchun shu grafikka oid parametrlarni bilish kifoya. Ma'lumki darsni o'tishda grafiklar va yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzu tushuntirilsa o'quvchi va talabalar bilim saviyasi ancha oshadi va shu fanga nisbatan qizikishlari ortadi. Matematika fanini o'qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanib dars o'tilsa, o'quvchilarning funksiyalarning grafiklarini ko'z oldiga keltirib uning yechimlarini grafikli ko'rinishlari namoyon qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Maple amaliy dasturida f(x) funksiyaning grafigini chizish uchun bir o'zgaruvchili plot(f(x), x=ab, y=cd, parameters) ( interval Ox koordinatada va interval Oy koordinatada) komandasidan foydalaniladi, bunda parameters - parametrlarni boshqarishni tasvirlaydi. Agar bular ko'rsatilmasa, joriy holatdagi ko'rsatmalardan foydalaniladi. Tasvirni qurish shuningdek panel asboblari bilan ham amalga oshiriladi. Plot komandasining asosiy parametrlari: 1) title=text, bunda text-rasm nomi (nom qushtirnoqsiz ham bo'lishi mumkin, agar u faqat lotin harfidan va bo'sh joysiz bo'lsa). 2) coords=polar - qutb koordinatasini o'rnatish (joriy holatda dekart koordinata). 3) axes - koordinata o'qini o'rnatish: axes=NORMAL - oddiy o'q; axes=BOXED - grafik shkalali ramkada berilgan bo'ladi; axes=FRAME - markazda rasm va uning chap pastki burchagida sariq o'q beriladi; axes=NONE - o'qlarsiz. 4) scaling - rasm masshtabini o'rnatish: scaling=CONSTRAINED - o'qlar bo'yicha bir xil masshtab; scaling=UNCONSTRAINED - grafik masshtab o'lchami oyna bilan teng o'lchamda. 5) style=LINE(POINT) - chiziqlar yoki nuqtalar natijasi. 6) numpoints=n - grafikdagi nuqtalar sonini hisobi (joriy holatda n=49). 7) color - chiziqlar rangini o'rnatish: ranglar inglizcha nomlanadi, masalan, yellow - sariq va boshqalar. 8) xtickmarks=nx va ytickmarks=ny - Ox o'q va Oy o'qlardagi belgilar soni, muvofiq ravishda. 9) thickness=n, bunda n=1,2,3… - chiziq yo'g'onligi (joriy holatda n=1). 10) linestyle=n - chiziq turi: uzluksiz, nuqtalardan iborat chiziq va boshqalar (n=1 - uzluksiz, joriy holatda o'rnatilgan bo'ladi). 11) symbol=s - nuqtani pomechat qiluvchi belgi turi: BOX, CROSS, CIRCLE, POINT, DIAMOND. 12) font=[f,style,size] - matnli yozish uchun shrift to'rini o'rnatish: f topshiriqdagi shrift nomi: TIMES, COURIER, HELVETICA, SYMBOL; style topshiriqdagi shrift uslubi: BOLD, ITALIC, UNDERLINE; size - shrift o'lchami pt da. 13) labels=[tx,ty] - koordinata o'qlariga yozish: tx - Ox o'qiga va ty - Oy o'qiga. 14) discont=true - qurish uchun cheksiz uzilishni ko'rsatish. y=f(x) funksiyani grafigini plot komandasi yordamida chizishdan tashqari, oshkor topshiriq, shuningdek funksiya grafigi y=y(t), x=x(t) parametrik topshiriqlar, plot([y=y(t), x=x(t), t=ab], parameters) komandasi yordamida yoziladi. Endi biz yuqorida keltirgan ma'lumotlarimizni ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
173.7 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
173.7 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:39 ]
Arxiv ichida: doc