Maple tizimining asosiy obyektlari. Ifodalarni qayta ishlash komandalari

Maple tizimining asosiy obyektlari. Ifodalarni qayta ishlash komandalari

O'quvchilarga / Matematika
Maple tizimining asosiy obyektlari. Ifodalarni qayta ishlash komandalari - rasmi

Material tavsifi

Maple tizimining asosiy ob'ektlari. ifodalarni qayta ishlash komandalari REJA: Matematik o'zgarmaslar va arifmetik amallar. Maple tizimining buyruqlari. Maple tizimi komandasining umumiy ko'rinishi va tarkibiy qismlari. Matematik o'zgarmaslar va arifmetik amallar Asosiy matematik o'zgarmaslar: Pi - son ; I -i mavhum son; infinity - cheksizlik; Gamma - Эйлера o'zgarmasi; true, false - mantiqiy o'zgarmaslar, mantiqiy rost va yolg'onlar Arifmetik amal belgilari: + - qo'shish; - - ayirsh; * - ko'paytirish; - bo'lish; ^ - darajaga ko'tarish; ! - faktorial. Taqqoslash belgilari: , =, z:=x+I*y; Haqiqiy sonlar butun va ratsional sonlarga bo'linadi. Butun sonlar (integer) o'nli yozuvda, ratsional sonlar 3 xil ko'rinishda bo'ladi: Bo'lish operatori yordamida ratsional kasr ifodasi.Masalan: 3483; Qo'zg'aluvchi vergul (float), masalan: 3.4; Ko'rsatkichli formada, masalan: 1,734*10^(-17) son 1,73410-17 sonini bildiradi. Mapleda grek harflarini poligraf ko'rinishda yozish mumkin. Buning uchun buyruqlar satrida grek harfining nomi teriladi. M.: harfini olsak, ishchi maydonga alpha so'zini kiritish kerak. Grek harflari va uning nomlanish jadvali: - alpha, - beta, - gamma, - delta, - epsilon, - zeta, - eta, - theta, - ita, - kappa, - lambda, - nu, - mu, -xi, - pi, - rho, - sigma, - upsilon, - phi, - chi, - psi, -omega. Grek harflarini maxsus menyu yordamida ham ifodalash mimkin. Ifoda va ularning turlari O'zgaruvchilar lotin alfavitidagi belgilar ketma-ketligi ko'rinishda tuziladi. Katta va kichik harflar bilan yozilgan nomlar farqlanadi. O'zgaruvchilarning nomida raqam va «-» belgisi ham qatnashishi mumkin. Maple 6 tizimida himoyalangan nomlar mavjudki, ularni boshqa maqsadlarda qo'llash kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O'zgaruvchilarning nomini probel belgisi bilan ajratilgan so'zlar ketma-ketligi tarzida ham ifodalsh mumkin, faqat ular qo'shtirnoq ichiga olinishi kerak. Masalan: 'oniy burchak tezlik'. Son, o'zgaruvchi, funksiya belgilari va Maple 6 ning boshqa ob'ektlaridan tuzilgan ketma-ketlik ifoda deyiladi. Agar ifodada qiymati noma'lum bo'lgan ob'ektlar ishtirok etsa, unga belgilar ifodasi deyiladi va ular ustida analitik amallar baja-riladi. Maple 6 tizimi asosan aynan shunday ifodalarni qayta ishlash maqsadida tuzilgan. Ifodalar bilan bog'liq asosiy komanda ta'minlash komandasi hisoblanadi. Uning umumiy ko'rinishi quyidagicha: :=; O'zgaruvchilar qiymatining turi butun(integer), kasr (fraction), suzuvchan vergul formadagi haqiqiy(float) va satr(string) bo'lishi mumkin. Bundan tashqari analitik amallar bajarish uchun funksiya(function), indeksli o'zga-ruvchi(indexed), to'plam(set), ro'yxat(list), qator(series), ifodalar ketma-ketligi(exprseq) va yana ko'pgina murakkab turdagi ma'lumotlar ham mavjud. Maple 6 tizimining barcha turlari to'g'risida ? type ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.91 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.91 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga