Matematika tarixi. Matematika fanining ahamiyati Reja: 1. Matematika tarixining predmeti va metodi. 2. Matematikani rivojlantiruvchi kuchlar va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Talabalar uchun matematika tarixini bilishning ahamiyati va roli. Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chikadi. Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. Matematika, boshqa fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida vujudga keldi;bular: yer maydonining yuzalarini o'lchash, idishlarning sig'imini o'lchash, vaqtni o'lchash va mexanikaning elementlaridir. F.Engels.Andi - Dyuring. Hakikatan ham matematikaning turli bo'limlari real dunyoning fazoviy formalarini va miqdoriy munosabatlarini o'rganishda uzining metodlarining turli tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib turadi. Matematika fanining mazmuni kuyidagicha; 1) uning rivojlanish jarayonida yig'iladigan - faktlar; 2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi - gipoteza. o'z o'rnida bu tajriba orqali tekshiriladi; 3) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish hamda ularni nazariya va qonunlar ko'rinishiga keltirish; 4) nazariya va qonunlarni o'rganish, matematikani o'rganishni xarakterlaydigan umumiy yo'nalishlarni ifodalovchi metodologiyani yaratish. Bu elementlar doimo o'zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir.Ana shu aloqadorlikni va rivojlanishni o'rganish bizlar qanday tarixiy davrga olib borishni aniqlash ruyobga kelish sabablarini aniqlash - aynan mana shu matematika tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika tarixi - matematikaning rivojlanishining qonunlarini o'rganuvchi fandir. yuqoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak. Birinchidan - matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy mazmuni yoritilishini .Bularda matematikaning metodlari,tushunchalari va fikrlari qanday paydo bo'lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga kelgani yoritilishini.xalqlarda malum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini xarakteri va xususiyatlarini aniklashni barcha zamondagi ulug' olimlarning qo'shgan hissalarini yoritishni hal qilish. Ikkinchidan - matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini ochishi; jumladan; matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari bilan aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta'sirini ochish, xalqlarning olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat. Uchinchidan - matematika tarixini o'rganish hozirgi zamon matematikasini mantikiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini tug'ri tushunishga yordam berishi kerak. Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo'lib dastlabki bosqichlarda o'zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana boshladi, yani faktlar yig'a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o'zi ham ta'sir eta boshladi Matematika o'qituvchisi ona-Vatanimizning juda qadimiy ekanligini, bundan ko'p asrlar oldin diyorimizda fan va madaniyat katta taraqqiyotga ega bo'lganligini, ayniqsa o'rta asrlarda - VII asrdan XV asrgacha Markaziy Osiyoda ko'p sohalar bo'yicha ilmiy yutuqlarga erishilganini o'quvchilarga tushuntirishi lozim. Shu davrlarda Markaziy Osiyoda ko'plab olimlar turli fanlar sohasida, jumladan, matematika ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.62 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.62 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:44 ]
Arxiv ichida: doc