O'zbek matematiklari

O'zbek matematiklari

O'quvchilarga / Matematika
O'zbek matematiklari - rasmi

Material tavsifi

Qori Niyoziy , S.H. Sirojiddinov va boshqalar O'zbek matematiklari: Qori -Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy o'zbek sovet olimi,pedagog,davlat va jamoat arbobi,Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1967),O'zSSR FA akademigi (1943) va birinchi prezidenti (1943-47), Davlat mukofoti (1952) laureati.Olim Tojikiston SSR ning Leninobod (Xo'jand) shahrida kosib oilasida tug'ilgan.U avval Xo'jandda eski maktabda, keyin Farg'ona rus-tuzem maktabida Peterburgdagi Krug samoobrazovaniya nashriyotining tabiatshunoslik bo'limida sirtdan o'qigan(1911-15). Qori -Niyoziy 1917-yil Farg'onada birinchi o'zbek boshlang'ich maktabini ochdi. 1920-yil Qo'qonda Pedogogika Texnikumini ochdi va 1925-yilgacha unga direktorlik qildi. U 1925-yil O'rta Osiyo Davlat Dorilfunining fizika-matematika fakultetiga o'qishga kirdi va uni 1929-yil tugatdi. Qori -Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun o'zbek tilida matematkadan darsliklar o'quv qo'llanmalari va metodik ko'rsatmalar: Tabiatdan bir parcha (Farg'ona 1919) Ochiq havoda amaliy mashg'ulotlar (Samarqand-1927) To'g'ri chiziqli trigonometriya va uning kosmografiyaga tadbiqi (Toshkent-1929) va Trigonometriyaning sistematik kursi (Toshkent-1930). Qori-Niyoziy birinchi bo'lib Ruscha -o'zbekcha matematik lug'atini tuzdi va o'zbek tilida oliy matematikaning boshlang'ich bo'limlari- analitik geometriya , differensial va integral hisob,differensial tenglamalar darsliklarini yaratdi. Uning 1928-yil arab alifbosida Analitik geometriya asoslari 1931-yil Tekislikda analitik geometriya 1932-yil Fazoda analitik geometriya va Matematik analiz asosiy kursi nashr etildi. Qori-Niyoziy ajoyib pedagog edi. Uning shoirlaridan gruppasi farg'onalik 13 qaldirg'och nomi bilan mashxur. Qori-niyoziy ijodida matematika, astronomiya, fan, madaniyat va tarix katta o'rin tutadi. Sa'di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) S. X.Sirojiddinov - o'zbek matematigi, davlat va jamoat arbobi. O'zFA akademigi (1966) , O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi (1971) , Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti laureati. S.H.Sirojiddinov Toshkent davlat universitetini bitirgan (1942).V.I.Lamonovskiyning ilmiy rahbarligida kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi.Doktoronturada unga A.N.Kolmogorov rahbarlik qiladi. Sa'di Hasanovich matematik analiz,ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika , O'rta Osiyoda Matematikaning rivojlanish tarixiga oid chuqur tadqiqotlar olib bordi.Olimning ehtimolliklar nazariyasiga oid ishlari jahhon ilmiy jamoatchiligi tomonidan yuksak baholandi. U O'zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Direktori (1956-1966), ToshDU rektori (1966-1970, 1983-1987),O'zFA vitseprizidenti (1970-1973)lavozimlarida sidqi dildan ishladi. O'zbekistonda, umuman O'rta Osiyo Respublikalarida matematika rivojiga , uning yangi yo'nalishlarining shu jumhuriyatlarda vujudga kelishi va taraqqiy etishiga beqiyos hissa qo'shdi. S.H.Sirojiddinovning fanda katta ahamiyat kasb etgan asosiy tadqiqoti, Toshkent matematika maktabining dovrug'ini dunyoga yoygan ishlari ehtimolliklar nazariyasining limit teoremalariga bag'ishlangan. Markov zanjiri sxemasi bo'yicha bog'langan tasodifiy miqdorlar(va vektorlar) yig'indisi uchun limit teoremalarda aniq baholarni,asimptotik yoyilmalarni matematika tarixida birinchi bo'lib S. H. Sirojiddinov oldi, bu hildagi natijalarni olish metodini kashf etdi. Keyinchalik mazkur metod ehtimolliklar nazariyasi bilan shug'ullanuvchi boshqa ilmiy maktablarga ham yoyildi. Beruniy (973-1048) Beruniy-to'liq ismi -(Abu Rayhon Beruni Muhammad ibn Ahmad ) O'rta asrning buyuk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga