Qadimgi va O'rta asr Xitoyi va Hindistonida matematika Sharq matematikasi REJA: Xitoy matematikasi Qadimgi xitoy nomeratsiyasi Arifmetik amallar Chiziqli tenglamalar sistemasini va yetishmovchilik metodi bilan yechish Bir necha noma'lumli tenglamalar sistemasi Kvadrat tenglamaga keladigan masalalar Hindiston matematikasi Chiziqli va kvadrat tenglamalar Hindlarda trigonometriya asoslari Ellinizmning ta'siriga qaramay, Yaqin Sharqning qadimiy madaniyati yo'qlab ketmadi. Aleksandriya fanida esa, ham Sharqning, ham Yunonlarning ta'siri saqlanadi. Aytaylik, Konstatinopol ham, Hindiston ham, Sharq bilan G'arb aloqasida muhim rol o'ynadi. 395 yil Feodosiy I Vizantiya davlatini tuzdi. Uning tarkibiga Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, O'rta Yer dengizining janubiy sharqiy qismi kirar edi. Poytaxti Konstantinopol - yunon shahri edi, ammo bu yerdagi aholining bir qisminigina yunonlar tashkil qilardi. Bu yerda suriyaliklar, qopitlar, armanlar va boshqa xalqlar yashardi. Bu davlat juda uzoq yillar yunon madaniyatini himoya qilib keldi. Bobil tezgina rimliklarning ham, yunonlarning ham ta'siridan chiqib ketdi. Inda daryosi atroflari ham eramizning I asrigacha yunonlar qo'l ostida bo'ldi. Ular o'rniga qolgan hind qirollari Forslar va G'arb bilan aloqa bog'ladi. Yaqin Sharqda islomning vujudga kelishi yunonlarni bu yerlardan ham mahrum etdi. Endi madaniyat markazi Xitoy va Hindiston tomonga ko'chdi. Xitoy matematikasi Biz Xitoy matematikasi haqida e.o. II asrlarga taalluqli materiallarni bilamiz. Ular asosida taqvim (kalendar) bilan bog'liq, chunki Xitoyliklarning ham asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan va ular sholichillik bilan shug'ullanishgan. Taqvim esa ularga sholini o'z vaqtida sepish va xirmonni o'z vaqtida ko'tarish uchun zarur edi. Eramizning XIV asrida ham astronomlar OY taqvimi bilan QUYOSH taqvimini moslashtirish bilan mashg'ul edilar. Ma'lumki, oy yili 364 sutka bo'lib, u tropik yildan II sutkaga qisqa va dehqonchilik ishlari uchun juda noqulay. Mana shu noqulaylikni bartaraf etish uchun xitoylik astronomlar tropik yilini qabul qilishdi va uning davomliligini 365-u, chorak sutkaga teng deb hisoblashdi. Matematikaga doir asosiy ma'lumotlar «To'qqiz kitobdan iborat matematika» nomli asarda berilgan. Bu asar Xan sulolasi davrida, ya'ni e.o. 206 yillar atrofida yozilgan. Xitoydagi juda katta qurilishlar-buyuk Xitoy devori, gidrotexnik inshootlar qurilishi mana shu Xan sulolasi davriga to'g'ri keladi. Eramizning I va II asrlarida yashagan astronom Chjan Xen globus yasagan, planetariy qurgan, yerning kattaligini hisoblagan va sonining tarkibiy qiymatini hisoblash bilan shug'ullangan. Eramizning I asridan boshlab Xitoy matematiklari «To'qqiz kitobdan iborat matematika» ta'sirida asarlar yarata boshlashgan. Ba'zilari esa o'sha asarni sharhlash bilan mashg'ul bo'lgan. Aga shu kabi matematiklar jumlasiga Lyu Xuey (II asr), Sun-Szu (II-IV asr), Chun-Chji (V asr), Lyu Chji (VI asr) va boshqalar kiradi. Ilgari eslatganimizdek, II asrda Xitoyda qog'oz kashf qilindi. VII asrda Xitoyning janub va shimolini bog'lovchi uzunligi bo'lgan ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
120.16 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
120.16 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: docx