Qoldiqli bo'lish mavzusining an'anaviy va noan'anaviy dars ishlanmasi

Qoldiqli bo'lish mavzusining an'anaviy va noan'anaviy dars ishlanmasi

O'quvchilarga / Matematika
Qoldiqli bo'lish mavzusining an'anaviy va noan'anaviy dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzusining An'anaviy va Noan'anaviy dars ishlanmasi Mavzu: Qoldiqli bo'lish. ta'limiy maqsad: O'quvchilarda qoldiqli bo'lish mavzusi bo'yicha bilim, ko'nikmalarni shakllantirish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchining qo'ldiqlar haqidagi bilimlarini hayotda ko'llay olish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchining mantiqiy va ijodiy fikrlarini rivojlantirish. Dars jihozi: 5 - sinf matematika darsligi, ko'rgazma, tarqatma, slaydlar. Dars turi: Savol - javob, aqliy hujum. Dars reja: 1. tashkiliy qism (2 daqiqa) 2. Matematika darssiga kirish (5 daqiqa) 3. O'tilgan mavzuni so'rash va uy vazifasini tekshirish (7 daqiqa) 4. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa) 5. Yangi mavzuni mustakkamlash. (10 daqiqa) 6. uyga vazifa (3 daqiqa) Darsni yaqunlash ( 3 daqiqa) Darsning maqsadi: 1.tashkiliy qism: Navbatchining axboroti tinglanadi. 2. Matematika darsiga kirish. 3. O'tilgan mavzuni so'rash va uyga vazifani tekshirish. Bahrom 8 ta qalam sotib oldi. Bir dona qalam 18 so'm turadi. Sotuvchi unga 6 so'm qaytim berdi. Bahrom sotuvchiga necha so'm pul bergan edi? Tengliklar qoldiqli bo'lishni to'g'ri ifodalaydimi? Sababini tushuntiring: 1) 55 = 13*4 + 3 2) 55 = 27*2 + 1 3) 55 = 13*5 - 10 4) 55 = 15*3 + 10 3. Qoldiqli bo'lishni bajaring: 1) 407 : 4 2) 253 : 6 3) 730 : 9 4) 300 : 12 4. Uzunligi 5 m bo'lgan simdan har birining uzunligi 75 sm bo'lgan bo'laklarni kesib olishmoqchi. Jami nechta bo'lak hosil bo'ladi? Qancha uzunlikdagi sim ortib qoladi? Mavzu: Qoldiqli bo'lish. Ta'limiy maqsad: Qoldiqli bo'lish mavzusi haqida o'quvchilarga bilim berish. Tarbiyaviy maqsad: Qoldiqli bo'lish haqidagi bilimlarni o'quvchilarga yetkazish. Rivojlantiruvchi maqsad: Qoldiqli bo'lishni qo'llay olish malakasini oshirish. Jihozlar: Kitob, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Dars rejasi: Bu dars noan'anaviy bo'lganligi sababli darsning rejasi an'anaviy dars rejasidan ozroq farq qiladi. Bu dars ko'piroq Qoldiqli bo'lish mavzusini taqrorlash darsi tarsda olib boriladi. Yaquniy qism: O'quvchini baholashda o'quvchilarning darsda aktivligiga qarab, savollarga qay darajada tez va to'g'ri javob berishiga qarab va guruhlarning vazifalarini tez va to'g'ri bajarganligiga qarab har bir o'quvchi baholanadi va qaysi guruh g'olib bo'lganligi e'lon qilinadi. Uyga vazifa: Uyga vazifa sifatida O'tilgan mavzuni takrorlash. Darsni yaqunlash: Darsni yaqunlashda uyga berilgan mavzuga doir asosiy tushunchalar berib o'tiladi. Shu bilan dars yaqunlanadi. tashkiliy qism: 3 min O'tilgan mavzuni takrorlash: 11 min O'tilgan mavzuni mustakkamlash: 16 min Yakuniy qism: 10 min O'quvchilarni baholash: 8 min Uyga vazifa berish: 2 min V. Darsni yaqunlash: 5 min. tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish, yo'qlama qilinadi, so'ng sinfning tozaligi, darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O'tilgan mavzuni takrorlash: Bu darsda sinfdagi o'quvchilarni 3 ta guruhga bo'lib, darsni musabaqa tarzida o'tqazamiz. O'tilgan mavzuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga