Simmetriya Simmetriya. Kundalik hayotda simmetriyaga juda ko'plab duclji kelamiz. Daraxt barglari shakli, kapalak qanotlarining uning tanasiga nisbatan joy- lashuvi va inson a'zolarining tanaga nisbatan joylashuvi va hokazolar simmetriyaga yorqin misol bo'ladi. Boshqa ko'pgina matematik tushunchalar singari, shakllarning simmetri- yasi tushunchasi ham atrofni o'rab turgan dunyo (tabiat) obyektlarini kuzatish natijasida paydo bo'lgan. Masalan, o'simliklar va tirik organizmlar tasviflarini ko'zdan kechirib (bu tasvirlarni tekis shakl deb hisoblash mumkin), ulajrning ko'plari yuqori darajadagi aniqlikda biror simmetriyaga ega ekaniga ishpnch hosil qilish mumkin. Masalan, daraxt barglari, kapalaklar va qor uchqunlari o'qqa nisbatan simmetriyaga egadir. Simmetriya san'atda, texnikada turmushda ko'plab uchraydi. Masalan, ko'pgina binolarning old tomonlari va ustidan ko'rinishlari simmet- rik bo'ladi. Gilamdagi naqshlar gullar, jiyakdagi gullar, mexanizmlarning ko'pgina turlari, masalan, g'ildiraklar yoki shesternalar simmetrik bo'ladi. Aytib o'tganimizdek, bunday simmetriyani har joyda ko'rishimiz mumkin. Masalan, yashayotgan joyingizdagi chiroyli qurilgan imorat, tosh yotqizilgan maydon yoki kafel bilan bezatilgan devorga ahamiyat bering. Agar siz qadimiy me'morchilik obidalarini ko'zdan kechirsangiz, ularning chiroyi undagi shakllarning uyg'unligi hamda ma'lum qonuniyat asosida tak- rorlanishida namoyon bo'lishini sezishingiz mumkin. Vatanimizda bunday obi- dalar behisob. Ularning qadimiylaridan biri Buxorodagi Mir Arab madrasasidir zamonaviy binolardan biri esa Amur Temur muzeyidir Bunday simmetriyaga ega bo'lgan shakllar simmetrik shakllar deb ataladi. Bu simmetriyani hosil qiluvchi qonun esa simmetriya deb ataladi. Simmetriya - geometriya fanining bir qismi bo'lib, uni to4a o'rganish uchun chuqur matematik bilimlarga ega bo'lish lozim. Biz esa uning bosh- lang'ich tushunchalari bo'lgan «O'qqa nisbatan simmetriya va markaziy simmetriya» bilan tanishamiz. Xossalar I to'g'ri chiziq bo У lab magistral qaz quvuri o'tgan. A va В qishloq- lariga gaz taqsimlaydigan stansiya uchun С joyni to'g'ri chiziqning qayeri- da tanlansa, stansiyadan bu qishloqlargacha yotqiziladigan qaz quvuri xa- rajatlari arzonga tushadi va uning uzunligi eng qisqa bo(ladi? (AC + С В masofa eng qisqa bo 'lishi uchun С ni qanday tanlash kerak?) - Siz qishloqlar magistral gaz quvuriga nisbatan: 1) turli tomonda; 2) bir tomonda joylashgan holda quruvchilarga qanday maslahat berasiz? ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:48:28
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
783.26 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:10
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
04 May 2024 [ 07:48 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
783.26 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:10 ]
Arxiv ichida: ppt