2-sinf matematika ko'paytirish dars ishlanma

2-sinf matematika ko'paytirish dars ishlanma

O'quvchilarga / Matematika
2-sinf matematika ko'paytirish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli № umumiy o'rta maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi ning matematika (2-sinf) fani uchun tayyorlagan 1- soatlik dars ishlanmasi MAVZU: o'quv yili uchun Darsning texnologik xaritasi Dars jarayoni va texnologiyasi Mavzu: KO'PAYTIRISH Darsning maqsadi: a) Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga ko'paytirish va ularni bajarish yo'llarini o'rgatish. b) Tarbiyaviy maqsad: Jamoa tarzida ishlashga, ahil bo'lishga o'rgatish. tashkiliy qism: a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash c) O'quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish Darsning shiori: O'rganamiz, izlanamiz, tez yechamiz Darsning turi: Yangi bilim beruvchi Darsning usuli: Interfaol metodlar Darsning jihozi: Matematika.Bikbayeva N.U., Yangabayeva E. T.: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. T.:O'qituvchi nashriyoti. 2012. 105-106- betlar, darsga oid ko'rgazmalar tarqatma materiallar. Darsning blok - sxemasi : 1.O'tilgan mavzuni mustahkamlash. 5. Zinama-zina didaktik o'yini. 2. Ko'paytirishni bajarish haqida ma'lumot. 6. Tez javob o'yini 3.Klaster metodi. 7.Mustahkamlash 4.Quvnoq daqiqa. 8. Dars yakuni. Darsning borish: O'tgan mavzuni mustahkamlash. 1. Bor edi 40 ta olma, olib kelishdi 45 ta olma. Yeyildi- 18 ta olma. Qoldi-? 2. 15+18-18 ni hisoblang. 3. 46-45+54 ni hisoblang. 4. 100-10+10 ni hisoblang. 5. Birinchi bog'da 10 ta olma, 15 ta olcha, 2 ta jiyda, 23 ta nok daraxti bor. Ikkinchi bog'da esa birinchi bog'dagidan 20 ta kam daraxtlar bor. Ikkala bog'da nechta daraxt bor? Yangi mavzuning bayoni: 437-masala. Hamma baliqlar nechta? Hamma oshqovoqlarning ko'zlari nechta? Hamma chinnigullar nechta? Ayiqchalarning quloqlari nechta? 439-misol. Qo'shishga doir misollarni ko'paytirishga doir misollar bilan almashtiring. Quvnoq daqiqa. Qiziqarli masalalar. 1.Qaysi biri og'ir 4kg olmami yoki 4kg un? 2. Oltiga beshni qo'shib sakkizni ayiramiz necha soni hosil bo'ladi? 3. 20 ta tuxum 10- minutda qaynaydi 30 ta tuxum necha minutda qaynaydi? 440-masala. Ko'paytirishga doir misollarni qo'shishga oid misollar bilan alamshtiring. 441-masala. Bir guldastada 7 ta lola, ikkinchi guldastada bundan 2 ta ortiq lola bor. Bu guldastalarda nechta lola bor? Ushbu yechimlar orasidan masala yechimini ajratib oling. 1. 7+2= 9 (LOLA) 7+9= 16 (LOLA) 2. 7-2= 5 (lola) 7+5= 12 (lola) Bu yechim bo'yicha masala tuzing. Hisoblang. Ayiqlarning oyoqlari nechta? Mushuklarning quloqlari soni nechta? Darsda faol qatnashgan o'quvchilarning ballari e'lon qilinadi. Uyga vazifa 442-443-misollarni yechish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.59 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 128.59 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga