Olmoliq shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi AZIZOVA SURAYYO XOLDORALIYEVNAning 2- sinfda matematika fanidan Otilganlarni mustahkamlash mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi. Sinf: 2 Fan: Matematika Mavzu: O'tilganlarni takrorlash. (201-202 bet) Ta'limiy maqsad: O'tgan darslarda olingan bilimlarni mustahkamlash, DTS bo'yicha o'quvchilarning bilimlarini tekshirish, guruhlarda ishlash, o'zaro do'stona munosabatlarni shakllantirish, kompyuter savodxonligini orgatish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda matematika faniga bo'lgan qiziqish otrtirish, mashg'ulotlar orqali hayotni to'g'ri tasavvur eta olish malakasini o'stirish. Tabiatni sevishga, unga g'amxor bo'lishga va mehnatsevarlikka o'rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning fikrlash qobiliyati va faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, kasb tanlashga yo'naltirish va mantiqiy tahlil, matematik bilimlarni amaliyotda qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirish Dars turi: Mustahkamlovchi. Dars uslubi: Tushuntirish, savol-javob, multimediya asosida. Dars jihozi: Kompyuter, proyektor, slayd, rasmlar, jadval. Darsning borishi: tashkiliy qism: (5 daqiqa) O'quvchilarni darsga hozirlash Darsning maqsad va vazifalarini elon qilish Guruhlarga bo'linib sinf partalarini uch guruhga moslab koylashtiriladi. Sardorlar saylanadi, har bir guruh nomlanadi va o'z shiorini tanlaydi. guruh:Donolar (shiori: Oz-oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.) guruh: Bilimdonlar (shiori: Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,Orlanib so'ramagan o'ziga zolim. guruh: Zukkolar ( shiori: Zukkolik fazilati-bola ziynati. O'qituvchi: Darsimizni boshlashdan oldin OLTIN QOIDALARni eslab olaylik. O'ng qo'l qoidasi: Aniq javob. O'zgalar fikrini takrorlamaslik. O'zaro hurmat. Vaqtdan unumli foydalanish. Faollik. Intizom. Darsimiz davomida kim eng faol ishtirok etsa, ko'p rag'bat kartochkasi olsa, o'sha o'quvchi Eng bilimdon o'quvchi nominatsiasi g'olibi bo'ladi. Ma'naviyat daqiqasi: Bolajonlar Vatan deganda nimani tushunasiz? - 2- O'zbekistonning buyukligini qanday izohlaysiz? - 3- Iqboli buyuk farzandlar qanday bo'lishi lozim? - (Har bir guruh savollarga javob beradi va rangli kartochkalar bilan rag'batlantirib boriladi. Qizil-5, Ko'k -4, Yashil- 3, Sariq-jarima.) O'tilgan darsni mustahkamlash.(8 daqiqa) Uyga berigan vazifa 5-6- misollar. (199-bet). O'quvchilarning har bir guruhiga tarqatmalar tarqatib chiqiladi. Tarqatmalar yig'ib olinadi. 1-topshiriq: manetorda bo'lish jadvali aks ettiriladi. Diqqatni sinash Har bir guruhdan bittadan o'quvchi qatnashadi. Quyidagi bo'lish jadvalidan foydalanib. guruh: 8 ga bo'lish guruh: 7 ga bo'lish guruh: 6 ga bo'lish jadvalini xat tahtada to'g'ri bajarilishi tekshiriladi. 2-masala: Maktab oshxonasi chizilgan plakat yoki slaydda ko'rsatiladi har bir guruh a'zosiga oq qog'oz. 1 daqiqa ichida shu qog'ozga har bir guruh masala sharti yoziladi. Sharti: Bor edi- 36 ta stul Bo'yaldi -41 qismi Bo'yalishi kerak -? yechish: 36:4=9 Javob: 9 ta stul bo'yalishi kerak. Birinchi va to'g'ri bajargan guruh rag'batlantiriladi. 3-masala: Rasm asosida masala tuzing va uni yeching. Bu masalani bajarishda har bir guruh o'quvchisi daftariga masalani bajaradi O'rnak ol usulidan foydalaniladi. Masala to'g'ri bajarilganligini slayddan tekshiriladi. ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
706.28 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
706.28 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: doc