Mavzu: 4 ga ko'paytirish va 4 ga bo'lish Darsning ta'limiy maqsadi: 4 ga jadval ichida ko'paytirish bo'yicha bolalarga tushuncha berish Vaqtdan unumli foydalanish Guruhlarga bo'lingan o'quvchilarning bilim darajasini bir-biri bilan taqqoslash Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish O'zgalar fikrini anglash va hurmat qilishga o'rgatish Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning og'zaki va yozma malakalarini, ijodiy, mantiqiy tafakkurini oshirish Darsning rejasi: Chaqiriq Anglash. 4 sonini ko'paytirish va bo'lish (638-639 misollar) Fikrlash (640-641 masalalar) Qiziqarli matematika Izohli baholash Uyga vazifa 642-643 misol-masala Darsning borishi: Dars salomlashish bilan boshlanadi. Bugun hafta kunining o'n ikkinchisi bo'ladi. Olloh ushbu kunida katta nazar soladi. Yaxshilik farishtasi yer yuziga qoladi, Barcha yaxshi yumushlar ezgu niyat orzular, Ushbu kunning o'zida ijobat hal bo'ladi. Navbatchining hisoboti tinglanadi Bolalar, biz Vatan degan so'zni ko'p eshitganmiz. Ayting-chi Vatan nima? Vatan bu inson tug'ilib o'sgan, kindik qoni to'kilgan muqaddas joy Bizning vatanimiz qayer? Vatanimiz O'zbekiston. 1991-yil 31-avgust kuni O'zbekiston mustaqil deb e'lon qilindi. Biz o'z bayrog'imiz, tamg'amiz va madhiyamizga ega bo'ldik. O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan Boshim uzra hilpiraydi bayrog'im Senga boqsam chaqnar ko'zim-qarog'im. 1992-yil 8-dekabr kuni mamlakatimizning adolat qomusi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi e'lon qilindi. 1992-yil 10-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilindi. Hozir faslimiz bahor. Bahorda havo isiy boshlaydi, laylak, turna, qaldirg'och, jiblajibon kabi qushlar uchib kela boshlaydi. Daraxtlar, hayvonlar, hashoratlar uyg'onadi. Bahor go'zal fasldir. Bolalar, hozir darsimiz qanday dars? Matematika. Matematika fanlar ichra shoh Uning sirlaridan bo'lamiz ogoh. O'quvchilar, matematika kitobining mualliflari kim? Bekbayeva va Yangibayevalar O'quvchilar, matematika fanidan 2-sinf o'quvchilari D.T.S. talablari bo'yicha nimalarni bilishi kerak? 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirish, noma'lum qo'shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchini topishga oid sodda masalalar yechish. Jadval ichida ko'paytirish va bo'lishni bilish, shaklning yuzini, to'g'ri to'rtburchak, aylana perimetrlarini bilishlari kerak Qani bolalar, matematikadan uyga vazifani kim aytadi? Uyga vazifa 4-misol va 10-masala O'quvchilar, bugungi darsimizni biz guruhlarga bo'lgan holda tashkil etamiz. 1-guruh Mirzo Ulug'bek, guruh sardori Yashinov S. 1-guruh: Mirzo Ulug'bek 1394-yil tug'ilgan. U kishi osmon jismlarini o'rgangan. Shuning uchun u kishini buyuk munajjim deymiz. Shiorimiz: Yaxshi ko'rgan do'stingdan joningni ham ayama 2-guruh Al-Xorazmiy, guruh sardori Abdusamiyev J. Shiorimiz: Ilm olish igna bilan quduq qazish bilan teng. Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazm shahrida tug'ilgan. U umrini ilm-fanga, matematikaga bag'ishlagan. Bugungi darsimizni baholashda reyting oynasidan foydalanamiz va baholash uchun 2 ta o'quvchini ekspert guruhi a'zosi etib tayinlaymiz. Ular bizni to'g'ri va aniq baholashga harakat qilishadi. Guruhlar o'z taqdimotlarini e'lon qilishadi. Uyga vazifa parta oralab tekshiriladi va aylanma daftarlar tarqatiladi. Sana va yangi ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
187.97 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
187.97 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: doc