Bakalavr yo'nalishi bo'yicha matematiklarning mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirish

Bakalavr yo'nalishi bo'yicha matematiklarning mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirish

O'quvchilarga / Matematika
Bakalavr yo'nalishi bo'yicha matematiklarning mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Bakalavr yo'nalishi bo'yicha matematiklarning mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirish Reja: 1. So'z boshi 2. Matematik-pedagoglar tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari 3. Matematik mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirishning ahamiyati 4. Matematik mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirishning forma va metodlari 5. Xulosa SO'Z BOShI Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalarda islohot o'tkazish bilan bir qatorda xalq ta'limi tizimida ham islohot o'tkazish zarur va shart ekanligini Oliy Majlisning IX sessiyasida prezident I.A.Karimov qilgan dokladida alohida takidlab o'tdi. Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qoidalariga asoslangan jamiyat qurish sohasida ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma'naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog'liq. Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi Qonun Vazirlar Mahkamasining umumiy o'rta ta'lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish to'g'risidagi qarorlari ana shu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu tajribalarda kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchilik va muammolar ham ko'rsatilgan. Jumladan: Maktablar va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining o'zidagi va o'qitish uslubiyotidagi kamchiliklar oqibatida o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanmay qolayotganligi, umumiy o'rta ta'limning amaliy yo'nalganligi mehnat ko'nikmalari shakllanish, kasbga yo'naltirilganlik darajasi etarli emasligi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va bilim darajasini baholash tizimida obyektivlik va tezkorlik ta'minlanmayotganligi, o'qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, bilim va kasb saviyasi pastligi (Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori, Toshkent, 1997, 36-38-betlar) shular jumlasidandir. Kuzatishlar va o'tkazilgan monitoringlar asosida shuni aytish mumkinki, keyingi vaqtlarda oliy o'quv yurtlarida yosh mutaxassislarning tayyorlash masalasi o'quvchilarga beriladigan bilimlar hajmining (xuddi shuningdek talabalarga ham) oshib borayotganligi, lekin bu bilimlarning o'zlashtirish darajsi davr talablariga etarlicha javob bermasligi yaqqol sezilmoqda. Bu holatning asosiy obyektiv sabablarini umumta'lim maktablari akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida matematikani o'qitish uslubiyotlaridagi, oliy o'quv yurtlarida yosh mutaxassis matematik kadrlarning tayyorlashdagi metodik, pedagogik ish uslubiyotlaridagi kamchiliklardir. ta'limdagi uslubiyot bo'yicha quyidagi kamchiliklar ham bo'lg'usi yosh mutaxassis kadrlarni malakasini shakllantirishda o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Uzluksiz ta'limning bir bosqichi sanalgan bakalavr darajadagi ta'limda tayyorlanadigan matematik mutaxassislarning ko'nikma va malakalarini shakllantirish g'oyat muhim va dolzarb muammodir. Ushbu Matematik mutaxassislik ko'nikma va malakalarini shakllantirish mavzusida tayyorlangan bitiruv malakaviy ishda ta'lim uslubiyotidagi ayrim tashkiliy ishlar bo'yicha fikr yuritiladi. Nazariy bilimni amaliyotga qo'llay bilish, misol va masalalarni turli usullarda yechish, misol va masalalar tuza bilish, matnli masalalarni yechish va ularning klassifikatsiyaga ajratilishi fazoviy tasavvurlarini rivojlantiradigan masalalar tanlay bilish, geometrik masalalarni yechishda trigonometriya tadbiq eta bilish isbotlashga doir misol va masalalar yechish kabi mavzularda mashqlar bajarish bilan ularda ko'nikma va malakani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.79 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.79 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga