Bolalar bog'chasida bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish

Bolalar bog'chasida bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish

O'quvchilarga / Matematika
Bolalar bog'chasida bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Bolalar bog'chasida bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishninг ahamiyati, predmeti va vazifalari Reja: 1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim kontseptsiyasi talablarini amalga oshirishda matematik ta'limning ahamiyati. 2. Эlementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti va uning asosiy komponentlari. 3. Kursning asosiy vazifalari. 4. O'qitish mazmuni va yo'llarining umumiy tavsifi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasi mamlakatimizning eng yaqin tarixiga uning taqdirini belgilovchi sifatida muhim va o'chmas iz qoldirgani shubhasizdir. Bu ma'ruzada mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda bosib o'tgan yo'lga qisqa tarixiy nazar tashlab tahlil qilindi va ikkinchi tomondan o'tib borayottan asrimizning nihoyasi va XXI asr boshlarida mamlakatimiz rivojining aniq va puxta dasturi berildi, muhim rejalar qabo'l qilindi va ularni amalga oshirish yo'llari belgilab olindi. Ma'ruzada fevral voqealariga ham alohida to'xtalib, yoshlar tarbiyasi eng muhim vazifa ekaniga qaratib barchani mas'ullikka chaqirdi. Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko'p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog'liq ekanini ta'kidladi: Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog'li faol munosabatda bo'lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog'liq ekanini hamisha yodda tutmog'imiz kerak. Yosh avlodni o'z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab - avaylash ruxida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo'lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim - tarbiya ishi bilan shug'ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi. 1. O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo'yiladigan talablarni yanadа oshirdi. Yana shunga bog'liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi kursi muhim o'rin tutadi. So'ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog'chasida matematika o'qitish butun sistemasida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo'yilishi bilan bog'chada matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Bog'cha bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo'lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdaги bolalar uchun ishlab chiqilgan Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish kursini o'qish metodikasini egallab, chuur o'zlashtirib olmog'i lozim. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o'qitishda ko'zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi?). 2. Bog'chada matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga