Boshlang'ich sinf o'quvchilariga murakkab masalalar yechishni o'rgatish usullari

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga murakkab masalalar yechishni o'rgatish usullari

O'quvchilarga / Matematika
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga murakkab masalalar yechishni o'rgatish usullari - rasmi

Material tavsifi

Qamashi tumani 36-o'rta maktabning boshlang'ich ta'lim fani o'qtuvchisi Qodirova Gulining matematika fanidan bir soatlik Boshlang'ich sinf o'quvchilariga murakkab masalalar yechishni o'rgatish usullari I. Kirish II. Asosiy qism 1 «Yuzlik» mavzusida masalalar yechish. 2. «Minglik» mavzusida masalalar yechish. 3. «Ko'p xonali sonlar» mavzusida masalalar yechish. II. Xulosa Kirish. Boshlang'ich sinflarda matematikadan masalalar yechish o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarda qo'llashga xizmat qiladi. Har bir masala berilgan (ma'lum) va izlanayotgan (noma'lum) sonlarni o'z ichiga oladi. Masaladagi sonlar, to'plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, munosabatlarni ifodalaydi yoki topilishi kerak bo'lgan noaniq sonlar bo'ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog'lanish ko'rsatiladi; bu bog'lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi. Yechilishi uchun bir nechta o'zaro bog'liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o'zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi. Masala yechish ketma-ketligida quyidagilarni amalga oshirish lozim. 1.Masalani tinglashni o'rganish va uni mustaqil o'qiy olish. 2.Masalani, dastlabki tahlil qilish, ma'lumni noma'lumdan, muhimli nomuhimdan ajratish, berilgan bilan izlanayotganlar orasida bog'lanish o'rnatish. 3.Masalani qisqa yozish malakasi. 4.Murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so'ngra yechish rejasini tuzish. 5. yechimni bajarish, uni o'qituvchi talabiga mos qilib daftarga yoki doskaga yozib masala savoliga javob berish. 6. Masala yechimini tekshira olish. «Yuzlik» mavzusida masalalar yechish. «Yuzlik» mavzusi ikkinchi sinfdan boshlab o'qitiladi. Shundan boshlab sodda masalalardan sekin murakkab masalalar yechishga o'tish jarayoni boshlanadi. Bunda ham eng avvalo masala shartini tahlil qilishdan boshlamoq kerak. Masalan: 1-qutida 6 ta, 2- qutida undan 2 ta kam qalam bor, ikkala qo'tida qancha qalam bor. Masalaning shartini ko'rgazmali tahlildan boshlash kerak. 1-qutida 6 ta qalamni ko'rsatadi, 2- qutida undan 2 ta kam qalam bor, deb yoriq holda ko'rsatiladi. Ikkala qutini bir-biriga yaqinlashtirib jami qancha qalam borligini topishni aytadi. Uning chizmalarini doskada tasvirlaydi. Savol. a) Ikkinchi qutida qancha qalam bor 6-2=4 ta v) Ikkala qutida qancha qalam bor? 6+4=10 Undan keyin masalalarning umumiy yechimini ifodalalovchi ifoda tuzamiz 6+(6-2)=10 Qo'shish va ayirishga doir murakkab masalalardan tashqari yana quyidagi mazmunlarda ham masalalarni yechish tavsiya qilingan. 1.Ko'paytirish va bo'lishga doir; 2.Sonni bir necha marta orttirish va kamaytirishga doir; 3.Sonlarni karrali taqqoslashga doir M: katakli taxtachaga 3 ta kvadrat qo'yiladi va undan 2 marta ko'p uchburchak olishni taklif qiladi. Murakkab masalalarning deyarli hammasi uchun qisqacha yozuv zarur bo'ladi. Bu yozuvdan masalani takrorlashda, qayta-qayta eslashda foydalaniladi. Yozuvda asosan masala ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 377.26 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 377.26 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga