Bozor modeli - rasmi

Material tavsifi

Bozor modeli Reja: 1. Baho muvozanati va baho dinamikasi 2. Birinchi tartibli rekurrent tenglamalar 3. O'rgamchik to'risimon model Umumiy muvozanat modeli 5. Ikki - sektorli ishlab chiqarish modeli 6. Asosiy mavzular 7. Tayanch iboralar, formulalar 8. Savollar 9. Mashqlar 1. Baho muvozanati va baho dinamikasi Istemol bilan ishlab chiqarish o'rtasida muvozanat o'rnatishda bozor muhim vositachi hisoblanadi. Bu bobda bozor jarayoniga oid asosiy tushunchalar, jumladan baho va uning bozordagi o'rni ko'rib chiqiladi, bazi bir keng tarqalgan iqtisodiy matematik modellar o'rganiladi Malumki baho bozor iqtisodiyotining asosiy kategoriyalardan biri bo'lib, u g'oyat muhim iqtisodiy vosita, bozor iqtisodiyotning qudratli quroli hisoblanadi. Bahoning malum vazifalari (funksiyalar) mavjud. Bozorning muvozanatini ta'minlash funksiyasi Raqobat vositasi funksiyasi. Hisob-kitob va o'lchov funksiyasi. Iqtisodiy tartiblash kabi malum vazifalari funksiyalari mavjud. Bahoning muvozanatni ta'minlash funksiyasi talab va taklif muvozanati orqali amalga oshiirilib, bozordagi talab va taklifini xajmini shunga mos kelishini ta'minlaydi. Baho tufayli amalga oshiriladigan muvozanat tovarlarning yig'ilib qolmay sotilib ketishini, ta'minlaydi, hamda shu bilan birga tovar taqchilliliga yo'l qo'ymaydi. Baho orqali ishlab chiqarish bilan istemol o'rtasida moslik o'rnatiladi. Raqobatning asosiy turi bu baho vositasida raqobat qilishdir. Bozorda raqobatchilar narxlarni tez-tez o'zgartirib turadilar. Malum tovar ishlab chiqaruvchilar o'z raqiblarini bozordan siqib va xaridorlarni o'zlariga og'dirib olishlari maqsadida imkoni boricha bahoni pasaytirishdan foydalanishga harakat qiladilar. Baho bozorning tartibga solinishida katta o'rin egallaydi. Muayyan tovar narxining oshishi unga talab ko'pligini, yaxshi foyda keltirishini bildiradi. Bahoning pasayib ketishi tovarga talab kamligini yoki uning talabga nisbatan ko'pligini, undan foyda kamligini ko'rsatadi. Bahoning oshib borishi tovar ishlab chiqariladigan sohalarga resurslarning ko'plab olib kelinishini taqozo etadi, chunki bunda foyda ko'p bo'ladi, natijada tovarlar taklifi ko'payib, keyinchalik baho pasayadi. Shu bilan resurslar bu yerdan chiqib, boshqa sohaga ko'chadi. Demak, bahoning tebranib turishi resurslarni kerakli sohalarga burib turadi. Shu bilan baho orqali ishlab chiqarish tartiblanadi. Umuman olganda, baho iqtisodiyotni tartibga solishda, moddiy boyliklar va xizmatlar o'lchovini bajarishda katta ahamiyatga ega. Quyida bozordagi muvozanatga qanday erishiladi, bunda bahoning ta'siri qanday - degan savollarga to'xtalamiz, avval modellashtirish jarayonida qo'llanadigan rekurent tenglamalar haqida ma'lumotlar keltiriladi, keyin esa konkret bozor modellari ko'rib chiqiladi. 2. Birinchi tartibli rekurrent tenglamalar Ko'p holatlarda iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar yordamida ifodalashda uning qandaydir xususiyatini belgilovchi t-vaqt bog'liq miqdorini va va hoka'zolar orqali bog'lovchi rekurent tenglamalar deb ataluvchi munosabatlarni o'rganish muhm ahamiyatga egadir. (1) bu yerda k,b - o'zgarmas koeffitsiyentlar. Bu tenglamaning umumiy yechimi quyidagi formula bilan aniqlanadi: (2) bu yerda -vaqtga bog'liq bo'lmagan yechim, A-parametr. Agar boshlang'ich qiymat berilgan bo'lsa, yuqoridagi yechim quyidagi ko'rinishda bo'ladi: (3) 1-masala. Rekurrent tenglamaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.07 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.07 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga