Fitotsenozning tuzilishi, dinamikasi va tasnifi REJA: 1. Fitotsenoz haqida tushuncha. 2. Fitotsenozning turlar tarkibi. 3. Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari. 4. O'simliklar jamoasini qavatliligiga qarab baholash. 5. Fitotsenozning tashqi qiyofasi. 6. Hayotiy shakllar bo'yicha xilma-xilligi. 7. Fitotsenoz dinamikasi. 8. Fitotsenozning tasnifi. Tayanch ibora va atamalar: determinant, ingridient, yarus, qurama - mozaiklik, mikrofitotsenoz, hayotiy shakl, fanerofit, xamerofit, gemikriptofit, kriptofit, terofit, gelofit, gidrofit, daraxt, buta, butacha, chala buta, polikarp, monokarp, sinuziya, dominant, subdominant, assiktator, antrapofit, kondominant, suktsessiya, singenetik, endoekogenetik, ekzogenetik, gologenetik, antropogen, assotsiatsiya, formatsiya. Fitotsenoz grekcha so'zdan olingan bo'lib, fiton o'simlik, kainos - umumiy degan ma'noni bildirib, o'simliklar qavmi, birlashib yashovchi o'simliklarning tabiiy guruhidir. U o'ziga xos turlari, strukturasi, muhiti bilan xarakterlanadi yoki ayrim sharoitda bir to'da o'simliklar yoki bir qancha turlarga oid o'simliklarning qavm bo'lib yashashidir. 1904 yilda geobotanik olim G.F.Morozov birinchi bo'lib o'rmon o'simliklarining qavm bo'lib yashashini aniqlaydi. Undan keyin 1908 yilda akademik V.N.Sukachev tomonidan hamma o'simliklarning qavmi o'rganiladi. 1915 yilda I.K.Pachoskiy faqat bitta o'simlik hukmron bo'lib o'sadigan dalalarga qo'llasa, 1917 yilda Sukachev esa hamma o'simliklarga qo'llaydi. 1918 yilda Sukachev nazariyasi G.Goms tomonidan qo'llab quvvatlanadi. Sukachev tomonidan 1956 yidda fitotsenozga birinchi bo'lib to'g'ri ta'rif berildi. «Fitotsenoz yoki o'simliklar jamoasi, ma'lum hududda o'sadigai o'simliklarning har birining xarakterli xususiyatlarini, balandligini, tarqalishini, hayotiy holatini, vegetatsiyasini, gullash va urug'lashini, qovrashini, o'simliklarning bir-biriga ta'sirini, o'sadigan joyini, iqlim va tuprog'ini, inson va hayvon ta'siri kabi majmualarini o'z ichiga oladi» deb ta'rifladi. Fitotsenozdagi o'simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o'simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig'ilgan uyushma - qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o'simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o'ziga xos bo'lgan muhim belgilari mavjuddir, ya'ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pog'onalik, mo'llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilar bilan farq qiladi. Fitotsenozning turlar tarkibi Fitotsenozning turlar tarkibi eng muhim belgi hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig'indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi biotsenozning xususiyati va tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o'simliklardan tashqari bir qancha bakteriyalar, suv o'tlari, zamburug''lar turi bo'ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o'zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun tuproq xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to'liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o'simliklarni muhitni belgilovchi - determinant o'simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo'lish tarixini va yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O'rta Osiyo tog'larida, jumladan Hisor tog'ining ba'zi joylarida yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Bu shuni bildiradiki, shu yerlarda ham ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.64 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.64 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:03 ]
Arxiv ichida: doc