Fizika ilmini o'rganishda matematikaning asosiy roli Bu ishlanish orqali biz ikki fanning ongli ravishda uzviy bog'lanish eshiklarini ochamiz. Galiley. Haqiqiy dunyoni bilishda qadam va qadam matematikaning rivojlanishi muhim ahamiyatga ega ekanligiga asoslangan holda dunyoning geomarkaziy sistemasi matematik izlanishlar, talqinlar orqali kelib chiqqanining guvohi bo'lamiz. Matematik nazariyani bilmay turib Ptolomen sistemasi mavjud bo'lmas edi. Lekin geomarkaziy nazariya hayotiy voqelikning sezish organlarimizga bog'liq bo'lmagan holda bilishga chaqiradi. Avvalo haqiqiy dunyo voqeligini bilishda matematika qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz. Bir kuni Isaak Nyuton buyuk elkalar orasida turganini aytdi. Ulardan eng buyuklari Rene Dekart va Galileo Galiley edi. Hozirgi zamon matematikasi o'zining muhim yutuqlarida uning fan sifatidagi ilmiy izlanishlariga emas balki uning metodologiyasiga, yani XVII asrlarda ijod qilgan bu buyuk ijodkorlarning ishlariga asoslanganligini etirof etish kerak. Bu ikki olimning xizmatlarini baholashga o'tamiz. XVII asrgacha ilmiy izlanishlarga munosabat Aristotelning kuchli ta'sirida edi. Uning qarashlari asosan moddiy boyishlarga qaratilgan edi. Aristotel shogirdlari dunyoviy holatlarni issiq va sovuq, nam va quruq tushunchalar bilangina izohlab o'tgan. Bunda ular fikricha issiq va quruq olovni keltirib chiqarsa, issiq va namgarchilik havoni ifodalaydi, yani ular to'rtta elementni yer, havo, olov va suvni paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi degan taxminiy fikrlar bildirdilar. Har bir element o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, masalan olov eng yengil element bo'lgani uchun osmonga intiladi. Aristotel majburiy harakatlarni, yani biror jism boshqa jism ta'sirida harakatlanish nazariyasini o'rganib chiqishda bir elementni boshqa elementga aylantirish mumkinligini aytgan. Masalan, memorning haykal yasashini kuzataylik. Bunda material sifatida mramor va memorning ish qurollarini olinsa, shakl - haykal chizgisi va memorning tasavvuri, harakat manbai - haykal yasash jarayoni, maqsad - haykalni qo'yiladigan joyga mosligi nazarda tutilishi kerak. Bu misolda matematika qanday rol o'ynashi mumkin. Mavjud bo'lgan greklar falsafasida matematikani geometrik figuralarni o'rganish bilan chegaralanib qolgan fikrlarini Aristotel o'zining izlanishlarida kengroq yoritib berdi. Shunga ko'ra XVII asr boshlaridan Yevropaolimlari tabiatni o'rganishda matematikaning muhim rol o'ynashini tan olishga majbur bo'ldilar. Masalan, Kopernik va Keplerning astronomiya, mexanika bo'yicha ilmiy izlanishlari o'sha davrda matematik tasdiqlashlar natijasidan kelib chiqqan nazariya ekanligi malum bo'ldi. XVII - XIX asrlarda matematikaning boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liqligi kuchayib ketdi. Dekart va Galiley nazariy fizikani matematika bilan chambarchas bog'liqligini isbotlab berdilar. Laflesh Dekart maktabda o'qib yurgan chog'laridayoq insonning shuncha dunyo haqiqatlarini bilishi qiziqtirib qolgan edi. Maktabda o'tiladigan har bir fanga sinchkovlik bilan nazar solar, boshqa fanlarga tanqidiy qarashlarni chetlab o'tgan holda u haqiqatga olib boruvchi mustahkam yo'l faqat matematika degan xulosaga keldi. Hamma fanning negizini matematika tashkil etishi izohlangan holda Dekart ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.37 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.37 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:03 ]
Arxiv ichida: doc