Hayotining uchinchi va to'rtinchi yilida bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish R E J A: 1. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari ko'p va kam o'rtasidagi o'zaro munosabat bilan tanishtirish. 3. Bolalarni predmetlarni turli belgilar bo'yicha rypyxlashga o'rgatish. Tayanch so'zlar: Ko'plik - bu bir butun qilib ko'riladigan ob'ektlar yig'indisidir. Miqdor - Narsalarning miqdorini bildiradi Ilk yoshdayoq bolalar bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: Ko'p qo'g'irchoqlar, uchta kubik, qo'lda beshta barmoq kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo'ladi. Tajribaning ko'rsatishicha 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni ya'ni kichik uy, yoki katta uylar qurishi, vagon vagonchalarni olib kelishi, gul yoki gullarni ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar). 1 yoshu 6 oylik go'dak, aktiv nutqni egallaydi, otning bir ko'plik formalaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni oladi: By kubik, bu kubiklar, Uy - uylar, qo'g'irchoq-qo'g'irchoqlar. Bu yoshdagi bolalarni ko'proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (map, tugmacha, xalta). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig'ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo'yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo'llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko'radilar (М: tugmachalar). Predmetlar ko'pligining turli xilligini bola turli xil analizatorlari yordamida qabo'l qiladi: eshitish, ko'rish va boshqalar. U o'zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o'yinchoqni bir necha marta tashlagan, qoshiq bilan stolini taqillatgan. Ko'plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnng alohidaligi birlik va ko'plikni ajrata olishga yordam beradi. Matematikada ko'plik tushunchasiga quydagicha ta'rif beriladi. Ko'plik- u bir butun qilib quriladigan ob'ektlarning yig'indisidir. Ko'plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko'plik bilan ish ko'radilar. Go'dak bolada ko'plik haqidagi eng birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya'ni u hali aniq chegaraga ega bo'lmaydi va element ketidan element qabo'l qilinadi. Bunday qabo'l qilish noaniq ko'plikni xarakterlaydi. Miqdor. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o'qitish o'ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo'lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o'qitish muvaffaqiyatli bo'lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o'tishdan iborat. Bu xil o'tish saviyasi, ayniqsa, matematika o'qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo'lmasligi yoki etarli bo'lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko'pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bo'larni bartaraf qilish juda qiyin bo'ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko'pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o'zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo'llanish imkoniyati juda ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:13 ]
Arxiv ichida: pptx