Matematika fanidan Ikki xonali sonning xona birliklari mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi Matematika 1-sinf Mavzu: Ikki xonali sonning xona birliklari. Darsning maqsadlari: Ta'limiy maqsad: Ikki xonali sonlar, o'nliklarning hosil bo'lishi, sonlar tarkibi va xona birliklari haqida tushuncha berish . Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni chaqqon , epchil bo'lishga , bir-biri bilan do'st bo'lishga undash. Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni tez , to'g'ri hisoblashga o'rgatish. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: savol - javob, o'yin, mustaqil ish. Darsning jihozlanishi: 1-sinf matematika kitobi; Sonli kartochkalar; Sanoq cho'plar; Kodaskop. Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash 1.Qaysi sonlar yo'q? yokiy darchalarni to'ldiring; 1 , 2 , 3, □ 5, 6, 7, □ 9 2.1 dan 10gacha to'g'ri va teskari sanab bering 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 10,9,8,7,6,5,4,3,2,1 3.1dan 10gacha nechta juft son bor? Juft sonlar: 2, 4,6,8,10 4.1dan 10gacha oraliqda nechta toq son bor? Toq sonlar: 1,3,5,7,9 5.Qora quti usulidan foydalanib geometrik shakllar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi quti ichiga geometrik shakllardan bittasi masalan uchburchak solinadi va uning uchta belgisi ya'ni bu shaklning uchta tomoni va uchta uchi borligi aytiladi va bu qanday shakldeb so'raladi. Oquvchilar belgilar asosida shakl nomini aytadilar shundan keyin kuti ichidagi predmet olib bolalarga ko'rsatiladi. Shundan keyin boshqa geometrik shakllar haqidagi bilimalr ham mustahkamlanadi. II.Yangi mavzu ustida ishlash. Ikki xonali sonning xona birliklari bilan tanishtirish uchun har bir o'quvchi o'zining partasi ustidagi sanoq cho'plaridan olib 1ta o'nlik hosil qilishlari kerakligi tushuntiriladi. 10ta birlik = 1ta o'nlik 10ta cho'pni birlashtirib 1ta o'nlik hosil qilish mumkin Demak, 10ta birlik 1ta o'nlik deyiladi. Keyin o'quvchilar diqqati darslikdagi 2- misolga qaratiladi. Jadvalda qanday sonlar tasvirlanganligi so'raladi 1ta o'nlik 2ta birlik-12 deyiladi; 2ta o'nlik 20deyilar ekan deb tushuntiriladi. Dam olish daqiqasi o'tkaziladi Ong qo'limda besh barmoq 1,2,3,4,5 Chap qo'limda besh barmoq 6,7,8,9,10 (qarsak ostida) O'ndan oshgan yigirma, So'ng o'ttizga o'tadi Ikki karra ko'paysa, Qirqqa qadar yetadi. 3-misol og'zaki bajariladi 12-bitta o'nlik 2ta birlik: 14-bu 1ta o'nlik 4ta birlik: 16-bu 1ta o'nlik 6ta birlik: 20-bu 2ta o'nlik. 4- misol mustaqil ish qilib beriladi 112 15=15 1817 6-misol yozma ravshda doskada va daftarlarda bajariladi 1ta o'nlik va 8ta birlik - bu 18 1ta o'nlik 3ta birlik bu -13 IV.Mustahkamlash: 1- O'z o'rningni top o'yini o'tkaziladi o'quvchilarning qo'liga ikki xonali son Yozilgan kartochkalar tarqatiladi va Endi o'z o'rningizni toping degan topshiriq beriladi. Ular doska oldiga chiqib, qator turishlari kerak. Masalan: 17,13,19,18,12,15,11,14,16,-o'quvchilar raqamlarni o'z o'rniga qo'yib berishlari kerak (11,12,13,14,15,16,17,18,19). So'ng ular solishtiriladi. 2-Kodaskopda ikki xonali sonlarni taqqoslashga doir misollar og'zaki bajariladi V.Uyga vazifa: ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.65 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.65 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:18 ]
Arxiv ichida: doc