Ko'rinish. Qirqim va kesimlar

Ko'rinish. Qirqim va kesimlar

O'quvchilarga / Matematika
Ko'rinish. Qirqim va kesimlar - rasmi

Material tavsifi

Ko'rinish. Qirqim va kesimlar Reja: 1. To'g'ri burchakli proyeksiyalar. 2. Ko'rinishlar. 3. Qirqimlar. 4. Kesimlar. 5. Chizmada shartlilik va soddalashtirishlar. 1.To'g'ri burchakli proyeksiyalar. Buyumning tasvirlari to'g'ri burchakli proyeksiyalash usuli bo'yicha bajariladi. Buyum kuzatuvchi bilan tegishli proyeksiyalar tekisligi o'rtasida bo'ladi. Chizmani tuzish uchun o'zaro perpendikulyar bo'lgan ikki tekisliok tanlab olinadi. Bulardan birini gorizontal tekislik ikkinchisini frontal tekislik deb, H va V xarfi bilan belgilanadi. 3,1-shaklda parallelopeped shakldagi tasviri tuzish ko'rsatilgan. Bunday ikki tekislikdagi detal tasvirini bir vaqtda ko'rib uning tuzilishini ko' oldiga keltira olish va o'lchamlarini qo'yish noqulay. Bunday noqulaylikdan qutilish uchun H tekislikni V dagi proyeksiyalarga mos ravishda OX o'qiga perpendikulyar bo'lgan bitta to'g'ri chiziqda joylashadi natijada detalning kompleks chizmasi hosil bo'ladi (3,2-shakl). Mashinasozlik chizmachiligida proyeksiyalar tekisligini chegaralovhci chiziqlar detal nuqtalarini ifodalovchi belgilar bog'lovchi chiziqlar OX o'qi va boshqa yordamchi chiziqlar qo'yilmaydi ularni o'shirib detalning zarur o'lchamlari qo'yiladi. 3.1-Shakl 3.2-Shakl 3.3-Shakl 3.4-Shakl Amalda shunday murakkab mashina detallari borki ikki proyeksiyalari uning konustruksiyasini o'rganuvchi va uni yasash ba'zan etarli bo'lmaydi. Shuning uchun uning uchinchi va hakazo qo'shimcha proyeksiyalar olinadi. 3,3 va 3,4-shaklda H, V, W tekislikda proyeksiyasi tekislik jipslashgan va chizmasi ko'rsatilgan. Chizmada tasvirlar o'zining mazmuniga qarab ko'rinishlar qirqimlar va kesimlarga bo'linadi. 2.Ko'rinishlar.Chizmachilikda proeksilar ko'rinishlar deyiladi. Ma'lumki buyum sirtining kuzatuvchiga qaratilgan ko'rinar qismining tasviri ko'rinish deyiladi. Ko'rinishlar soni buyumning oddiy yoki murakkabligiga bog'liqdir. Xar qanday buyum olti ko'rinishga ega. Bu ko'rinishlar quyidagi nomlar bilan ataladi. 1-oldindan ko'rinish (bosh ko'rinish); 2-ustidan ko'rinish 3-chapdan ko'rinish; 4-o'ngdan ko'rinish; 5-ostidan ko'rinish; 6-orqadan ko'rinish. Ko'rinishlar chizmada GOST 2.305-68 ga muvofiq joylashtiriladi. Asosiy proyeksiyalar tekisligi qilib kubning olti oyog'I olnadi (3.5-shakl) So'ngra ularni yoyib bitta tekislik hosil qiladi. Buning uchun fractal proyeksiyalar tekisligini o'z o'rnida qoldirib, qolgan proyeksiyalar tekisligi 3,5-shakldagidek strelka bilan ko'rsatilgan yo'nalishda aylantirib, frantal tekislik bilan bitta tekislik yuza hosil qilinadi. (3.3-shakl) Oldindan ko'rinish-bosh ko'rinish deyiladi. Bosh ko'rinish detalning shakli, ko'rinar va ko'rinmas chiziqlari haqida boshqa ko'rinishlarga qaraganda ko'proq ma'lumot beriladiganboshqa ko'rinishlarga kamroq ehtiyoj qoldiradigan qilib tanlanadi. Chizma chizishda k'rinishlarning mumkin qadar kamroq bo'lishiga erishish uchun harakat qilish kerak. 3.5-Shakl Standartlarda ko'rsatilgan ba'zi bir shartliyliklardan foydalanish chizmada proyeksiyalar sonini kamaytirishga yordam beradi, m: D (diometr) va (kvadrat) belgilardan foydalanish zarur (3.7-shakl). Bu shakllarda ko'rsatilgan detallargabitta ko'rinish berish etarli. Agar bu detallar sirtida yoki ichida biror o'yiq yoki yo'nilgan qismi bo'lsa, u vaqtda bu qismning shaklini aniqlovchi biror tasvir qo'shib ko'rsatiladi (3.8-shakl). Agar buyum sirtidagi biror qismning shakli va o'lchamlar ko'rinishlarining birortasida ham aniq ko'rsatish mumkin bo'lmasa, u vaqtda bu qismi yangidan tanlab olingan qo'shimcha tekislikda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 351.52 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 351.52 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga