Lobachevskiy geometriyasi uchun Puankare

Lobachevskiy geometriyasi uchun Puankare

O'quvchilarga / Matematika
Lobachevskiy geometriyasi uchun Puankare - rasmi

Material tavsifi

Lobachevskiy geometriyasi uchun Puankare modeli Reja: Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-etibori, avalambor, farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak … Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asaridan. I.Karimov Hech qaysi bir geometriya boshqasi bilan taqqoslanganda haqiqatga yaqinroq emas… Anri Puankare Kirish Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2010 yil Barkamol avlod yili deb e'lon qilingan edi. Mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqorolik jamiyatini qurish zamirida, avvalambor, inson manfaatlari, uning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoit vazifalari mujassam. Bu borada barkamol avlodni tarbiyalash, umumta'lim maktablari, oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta'lim hamda ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlat ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida 2005-2009 yillar davomida jami 8541 ta umumta'lim maktabi mebel, o'quv labaratoriya asbob-uskunalari, kompyuter mexakanikalari, sport anjomlari va maxsus jihozlar bilan ta'minlandi. Buning uchun Moliya vazirligi huzuidagi byudjetdan tashqari maktab ta'limi jamg'armasi hisobidan jami 463, 8 milliard; (2005 yili 41,9 milliard; 2006 yili 53,6 milliard; 2007 yili 101,3 millard; 2008 yili 136,8 milliard; 2009 yili 130,2 milliard.) so'm mablag' ajratildi. O'quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalar, noan'anaviy dars usullari va o'zaro faol o'quv jarayonini tadbiq qilish lozim. O'zaro faol usullarni o'quv jarayoniga qo'llash uchun esa o'tiladigan mavzuni talabalar, o'quvchilar o'zlari mustaqil tayyorlab kelishlari talab etiladi. Jarayonning samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion usullarini qo'llashda endi biz - pedagoglar O'quvchlarni o'qitmaymiz, balki kitobni o'qishga o'rgatamiz shiorini amalga oshiramiz. Buning sabababi shundaki, agarda talaba va o'quvchilar darsga tayyor holda kelmasalar, hech qanaqa faol usuldan samarali foydalanib bo'lmaydi. Natijada o'qituvchi yana o'z-o'zidan an'anaviy shaklda dars o'tishiga to'g'ri keladi. Buning uchun talaba yoshlarimiz erkin fikrlash madaniyatiga ega bo'lishlari zarur. Bu masalalar tizimini yaratish talabalarda erkin fikrlash madaniyatini tarbiyalashning tamoyillarini Nizomiy nimidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, p.f.n. R.Niyozmetova quyidagilarga ajratdi: Tarixiylik tamoyili masalalarni tarixiy bilimlarda foydalanib yechish imkoniyatini beradi. Bu esa ilmiy dunyoqarashning, ijodiy fikrning shakllanishi, bitta dalilning o'ziga nisbati turli nuqtai nazarlar mantig'ini va kurashini hisobga olish, sabab-oqibat bog'lanishlarini aniqlashga imkon beradi. Ba'zi tarixiy dalillar ta'lim jarayoniga qiziqarlilik elementini olib kirishi mumkinligi, bu ham erkin fikrlashning rivojlanishiga olib keladi; Fanlar ichki aloqalarini amalgam oshirish tamoyili bitta fanni o'rganishning turli bosqichlarida masalani yechishda uning turli bo'limlari orasidagi zaruriy aloqalarni aniqlashdan iborat. Bunda, bir tomondan, talabalar o'qitishning ma'lum bosqichida yechiladigan masala qachon va qayerda foydalanilishini hisobga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.38 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.38 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga