Oddiy foizlar

Oddiy foizlar

O'quvchilarga / Matematika
Oddiy foizlar - rasmi

Material tavsifi

Oddiy foizlar Reja: Oddiy foizlarni hisoblashga doir masalalar Oddiy foizlar bo'yicha o'sish koeffitsiyenti va oshgan mablag' miqdorini topish formulalari Foiz to'lovlar hisobiga kamaygan yoki oshgan mablag' bo'yicha datlabki mablag' va foiz to'lovlar miqdorini aniqlash Oddiy foizlar bo'yicha diskontlash. Diskontlash (keltirish) koeffitsiyenti 5. Lombard kredit Kirish Respublikamiz iqtisodiyoti xalqaro iqtisodiyot bilan uzviy bog'lanib bormoqda. Masalan xalqaro Bank tomonidan moliyalashtiruvchi loyihalar soni ortib bormoqda, chet el mamlakatlari bilan tuzilayotgan qo'shma loyihalar tobora ko'payib bormoqda, tadbirkor banklar soni oshib bormoqda. Bularning hammasi jahonning ilg'or mamlakatlarida qo'llaniladigan moliyaviy hisoblash usullaridan foydala-nish zaruriyatini taqozo qiladi. Moliya matematikasi moliyaviy hisoblash usullaridan biri bo'lib, u tor manoda moliya operatsiyalarini sonli tahlil qilishdan iborat. Moliya matematikasi o'quv fani sifatida jahonning iqtisodchi tayyorlaydigan deyarli barcha universitetlarida va kolledjlarida o'qitiladigan zaruriy fanlar qatoriga kiritilgan. Moliya matematikasi moliya nazariyasi va matematikani o'zaro bog'lovchi fandir. Bu fanning predmeti - pul va qimmatbaho qog'ozlar ustida olib boriladigan operatsiyalardan iborat. Moliya matematikasining sonli tahlil qilish usullari zamoniaviy matematikaning turli yo'nalishlaridan olingan. Bu usullar elementar matematika, ehtimollar nazariyasi, sistemali tahlil, noaniqlik va tavakkalchilik nazariyasi kabilarga asoslangan. Dastlabki moliyaviy tahlilda o'z yechimini kutib turgan masalalar ham kam emas. Moliya-bank operatsiyalarida va boshqa kelishuvlarda asosan 3 xil parametrlarning qiymati belgilanadi: to'lovlar, kreditlar miqdori; to'lash muddati yoki to'lash vaqti, va boshqa vaqt bilan bog'liq bo'lgan parametrlar; foiz stavkasi. Bu parametrlar orasida funksional bog'lanish mavjud bo'lib, moliya matematikasining vazifasi ana shunday bog'liqliklarni o'rganish va shu asosda turli moliya masalalarini yechish usullarini yaratishdan iboratdir. Moliya matematikasining asosiy tushunchalaridan biri foiz pul yoki soddaroq foizlar bo'lib, ushbu tushuncha ko'p moliya hisoblarining asosini tashkil qiladi. Foizlar - turli shakldagi qarzga pul berishdan yoki uni kapital mablag' sifatida ishlab chiqarishga yoki moliyaga sarf qilishdan olinadigan foydaning mutlaq qiymatidir. Qarz berishning turli shakllari deganda ssuda (qarz) berish, tovar mahsulotlarini qarzga sotish, bankka depozit hisobiga pul qo'yish, omonat sertifikatini va obligatsiyalarini sotib olish va boshqalarni tushunish kerak. Hozirgi davrda foizlar kommertsiya, kredit va investitsion kontraktlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy kelishuvlarning asosiy faktlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy va kredit kelishuvlarida qarz beruvchi (kreditor) va qarz oluvchi foiz stavkasi haqida kelishib oladilar. Foiz stavkasi - olingan qarz hisobiga qarzdorning kreditorga birlik vaqt oralig'ida to'laydigan pul miqdoridir. Foiz stavkasi birlik vaqt ichida olingan foyda bilan umumiy qarz miqdorining nisbiy foizi ko'rinishida aniqlanadi. Foiz stavkasi mo'ljallangan vaqt oralig'i ustama foiz davri deb ataladi. Bunday davrlar sifatida 1 yil, yarim yil, kvartal, oy, hattoki kun ham qaralishi mumkin. Ustama foiz davri ustama foiz intervallariga bo'linishi mumkin. Ustama foiz intervali - shunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.68 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.68 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga