O'quvchilarni algebraik masalalarni yechishga tayyorlash Kirish…… I. BOB. MAKTAB MATEMATIKA KURSIDAGI MASALALARNING BAJARADIGAN FUNKSIYALARI 1.1. Masalaning ta'limiy funksiyasi 1.2. Masalaning tarbiyaviy funksiyasi 1.3. Masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi II. BOB. MAKTAB MATEMATIKA KURSIDAGI ALGEBRAIK MASALALAR TO'G'RISIDA 2.1 Algebraik masala haqida tushuncha…… 2.2. Algebraik masalalarni yechish usullari Xulosa……. Foydalanilgan adabiyotlar…… KIRISH I. BOB. MAKTAB MATEMATIKA KURSIDAGI MASALALARNING BAJARADIGAN FUNKSIYALARI Hozirgi zamon didaktikasida masala va misollarning bajaradigan funksiyasini quyidagi turlarga ajratiladi: 1.1. Masalaning ta'limiy funksiyasi. Masalaning ta'limiy funksiyasi asosan maktab matematika kursida o'rganiladigan nazariy ma'lumot, matematik tushuncha, aksioma, teorema va matematik xulosalar, qonun-qoidalarning aniq masala yoki misollarga tatbiqi natijasida o'quvchilarda mustahkam matematik bilim va malakalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi ikki burchak yig'indisi va ayirmasining sinuslari mavzusini o'tib bo'lganidan keyin, ana shu mavzu materialini o'quvchilar ongida mustahkamlash uchun quyidagicha misollarni yechishi mumkin. 1-m i s o l. Ayniyatni isbotlang: Bu yerda o'qituvchi o'quvchilarga ayniyat tushunchasining mohiyatini takrorlab berishi lozim. 2-misol. Ayniyatni isbotlang: Maktab matematika kursidagi masala yoki misollarni yechish o'quvchilarda matematik malaka va ko'nikmalarni shakllantiribgina qolmay, balki olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qila olishini ham ko'rsatadi. Agar o'qituvchi kvadrat tenglama mavzusini o'tib, uni mustahkamlash jarayonida kvadrat tenglamaga keltiriladigan masalalarni yechib ko'rsatsa, o'quvchilarni ana shu kvadrat tenglama tushunchasining tatbiqi haqidagi fikr o'quvchilar ongida shakllanadi. 1-m a s a l a. Sport formasi sotib olish uchun ikki komandaning har biriga 84 ming so'mdan pul ajratildi. Komandalardan birining olgan har bir formasi ikkinchi komandaning olgan formasidan 2 ming so'm arzon bo'lgani uchun u bitta ortiq sport formasi oldi. Har bir komanda nechtadan sport formasi olgan? x - birinchi komanda olgan bitta formaning narxi, - ikkinchi komanda olgan bitta formaning narxi, - birinchi komanda olgan formalar soni, - ikkinchi komanda olgan formalar soni. Masala shartida ikkinchi komanda olgan formalarning narxi arzon bo'lgani uchun u birinchi komandaga qaraganda bitta ortiq forma olgani aytilgan. Shu asosda biz sport formalarining soniga nisbatan quyidagi tenglamani tuzishimiz mumkin: , , , , , dona, birinchi komanda olgan formalar soni; dona, ikkinchi komanda olgan formalar soni; Agar o'qituvchi geometriya darsida konusning hajmi mavzusini o'tib, unga doir misollarni integral tushunchasidan foydalarib yechib ko'rsatsa o'quvchilar algebra bilan geometriya fanlari orasidagi mantiqny bog'lanishni ko'radilar hamda ularda fazoviy tasavvur qilish faoliyati yanada shakllanadi. 2-masala. Balandligi va asosining uzunligi ga teng bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning Ox o'qi atrofida aylanishidan hosil bo'lgan to'g'ri doiraviy konusning hajmi hisoblansin. yechish: bunda: ; bo'lgani uchun . 1.2. Masalaning tarbiyaviy funksiyasi. Masalaning tarbiyaviy funksiyasi o'quvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantiradi hamda ularni mehnatga ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.84 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.84 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:57 ]
Arxiv ichida: doc