Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida R E J A: 1. Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug'bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar. 2. Psixologik - pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari. 3. E.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M.Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika elementlariga o'rgatish to'g'risida. 4. Bikbaeva N.U. 50 - 90 yillarda O'zbekistondagi bolalar bog'chalarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga o'rgatish metodikasi masalalari. Tayanch so'zlar: Algebra, algoritm - Hozirgi zamon algebrasining otasi Al- Xorazmiy nomi bilan bog'liqdir. Uning Al - Jabr val - muqobala risolasi keyinchalik Evropada algebra deb ataladigan bo'ldi. Zij - yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallari, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar ro'yxatи bor. Xayotimizda chuqur o'zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo'li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o'zbek xalqi o'zining haqiqiy tarixini, jaxon tan olgan madaniy va ma'rifiy boyliklarini, urf-odat va an'analarini tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma'naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o'zida mujassam etgan buyuk arboblar ko'p bo'lgan. Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug'bek va boshqa ko'plab buyuк ajdodlarimiz o'z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo'lib qoladilar. Ularning nomlari, jaxon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz. MUHAMMAD IBN MUSO XORAZMIY. Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug'ilgan. Yoshligidan ilm - fanga qziqqan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o'rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 9-asr boshlarida o'z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisoblanmish Bog'dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, SHarqning dastlabki akademiyasi (Bayt- ul - Xikmat) Donolar uyi da faol ishtirok etdi. Xorazmiy juda ko'p asarlar yaratgan bo'lsa ham ularning hammasi bizga etib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o'rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo'shdi. O'quvchilar algebra, algoritm so'zlarini ko'p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir bo'limi, algoritm esa x,ozirgi zamon x;aco6 ' texnikasining, matematikasining asosiy termini. Algebra, algoritm so'zlari matematik, astronom va geograf, Xozirgi zamon algebrasining otasi al - Xorazmiy nomi bilan bog'liqdir. Uning Al - jabr val-muqabala risolasi keyinchalik Evropada algebra deb ataladigan bo'ldi. Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida algoritm termini paydo bo'ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shox asarlari Fapb va SHarq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko'p asrlardan buyon qo'llanma sifatida ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.8 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.8 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: doc