Uchburchaklarning turlari

Uchburchaklarning turlari

O'quvchilarga / Matematika
Uchburchaklarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Uchburchaklarning turlari. 378-388 misol-masala. Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga uchburchaklarning turlari haqida tushuncha berish va ularni farqlashga o'rgatish Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va duradgorlik kasbiga yo'naltirish Rivojlantiruvchi maqsad: Masalalar yechish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stirish. O'z fikr-mulohazalarini erkin bayon etishga, matematik nutqini rivojlantirishga va ongli hisoblashga o'rgatish Darsning turi: yangi bilim beruvchi, o'yin, musobaqa. Dars uslubi: aralash, ko'rgazmali, tushuntirish, mustaqil ish Dars jihozi: geometrik shakllar Darsning borishi: 1. tashkiliy qism O'quvchilarning darsga tayyorligi kuzatilib, hozirgi darsimiz so'raladi. O'quvchilar: Matematika aqlning qayrog'i. Uy vazifasi aniqlanib, masala va misolning javobi so'raladi. Daftarlar almashtiriladi. Navbatchi axboroti tinglanadi. Sana, oy, kun, yil, fasl so'raladi. 3-sinf o'quvchilari matematika fanidan DTS talablariga ko'ra nimalarni bilishi kerak? 100 va 100 ichida og'zaki va yozma qo'shish va ayirishni bilishimiz kerak Geometrik shakllarni bilishimiz va chizg'ich yordamida o'lchab chiza olishimiz kerak. Karra jadvalini yoddan bilishimiz kerak. 2-3 amalli masalalarni yecha olishimiz kerak Biz o'tgan darsda burchaklarning turlarini o'tgandik. Qani kim aytadi? Qanday burchak turlari bor ekan? O'tkir burchak, to'g'ri burchak, o'tmas burchak. Qanday burchak o'tkir burchak deyiladi? To'g'ri burchakdan kichik burchak o'tkir burchak deyiladi Qanday burchak o'tmas burchak deyiladi. To'g'ri burchakdan katta burchak o'tkir burchak deyiladi Biz burchaklarni nima bilan aniqlaymiz? Gunya yordamida Barakalla, o'tgan mavzuni yaxshi tushunib olibsiz. Bugungi mavzumiz uchburchaklarning turlari. Sana va mavzu doskaga va o'quvchilarning daftarlariga yozdiriladi. 1. O'quvchiga uchburchak doskaga chizdiriladi va anima uchun biz bu shaklni uchburchak deymiz deb o'quvchilarga savol beriladi va javob olinadi. Chunki uchta burchagi bor, uchta tomoni bor, uchta uchi bor deb javob berishadi. Doskaga turli ko'rinishdagi uchburchak tasvirlangan plakat ilib qo'yiladi. Uchburchaklarning uch turi bor: turli tomonli, teng yonli, teng tomonli uchburchak Hamma tomonlarining uzunliklari turlicha bo'lgan uchburchak turli tomonli uchburchak deyiladi. Agar uchburchakning ikki tomoni o'zaro teng bo'lsa, bunday uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi. Uchburchakning uchala tomoni o'zaro teng bo'lsa, bunday uchburchak teng tomonli uchburchak deyiladi. 378-mashqni shartiga ko'ra uchburchaklarning tartib raqamlarini mos turlari bo'yicha yozdiriladi. Turli tomonli uchburchaklar 1, 3, 5, 7, 8 Teng yonli uchburchaklar 2, 4, 6, 10 Teng tomonli uchburchaklar 9, 11 379-masala og'zaki bajartiriladi. 1 kg - 100 g 100 - 900 = 100 g 380-masala. yechish: 27:3=9 12-9=3 Javob: 3 kg og'ir 381-misol. 9:8=1(1 q) 20:7=2(6 q) Birinchi qator o'quvchilariga turli tomonli uchburchak ko'rsatib so'raladi va doskaga chizdirilib o'lchov qo'yiladi. 2-qatorga ikki tomoni o'zaro teng bo'lgan uchburchak ko'rsatilib so'raladi va doskaga chizdiriladi, o'lchovlar qo'yiladi. 3-qatorga uchala tomoni o'zaro teng bo'lgan uchburchak ko'rsatib so'raladi va doskaga chizdiriladi. O'lchovlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.72 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 14:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.72 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga