Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, kasb-hunar kollejlarida geometriya kursini o'qitish metodik tizimini yaratish MUNDARIJA KIRISH O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali aloqadorlikning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko'rsatib o'tilgan. Shuning bilan bir qatorda, ilg'or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o'zlashtirish yuzasidan maqsadli inovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning ta'lim amaliyoti bilan aloqasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg'or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmini ro'yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini axborot bilan ta'minlash rivojlanib borishi belgilab qo'yilgan. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha vazifalarni hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 30-mayda chiqargan Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida gi Farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyunda qabul qilgan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi to'g'risidagi qarorlarini keltirish mumkin Hozirgi axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan pedagogik dasturiy vositalarda multimedia elementlaridan foydalanib, elektron o'quv adabiyot, kurs, kitob va virtual stendlar yaratish imkoniyatlari mavjud. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi: Yangi axborot texnologiyalari yordamida geometriya kursini o'qitishning metodik tizimini yaratish. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Ana'naviy o'qitish metodikasida o'quv materiallari asosan matn va formulalar ko'rinishida berilib, o'quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko'rinishda berilayotgan o'quv materiallarini talaba tomonidan o'zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o'zlashtirish juda sust bo'ladi. Axborot texnologiyalari asosida kollejlarda geometriya kursini o'qitishning zamonaviy ko'rinishlarini yaratishning nazariy va amaliy masalalarini hal etish bugungi kunda dolzarb deb hisoblayman. Ishni maqsad va vazifalari: Kollejlarda foydalanishga mo'ljallangan elektron o'quv qo'llanmalar yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va shu asosda zaruriy vazifalarni belgilab olish lozim. Bu quyidagilardan iborat: 1. O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga zamonaviy yondashuvlarni tahlil etish; 2. Kollejlarda foydalanishga yo'naltirilgan elektron o'quv adabiyotlarini yaratishning asosiy tamoyillarini, hamda ularni o'quv jarayoniga samarali joriy etish va foydalanish metodlarini ishlab chiqish; 3. Kollejlardagi geometriya kursida elektron o'quv qo'llanmalardan foydalanish potensiallarini aniqlash; 4. Multimedia texnologiyasi asosida kollejlar geometriya kursini o'qitishga ko'makchi o'quv dasturiy ta'minotini yaratish; 5. Multimedia texnologiyasi asosida elektron o'quv kurslari texnologiyalaridan foydalanib kollej geometriya kursi bo'yicha dars o'tish uchun metodik tizim yaratish; Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta'lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy samara ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:53:57
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:53 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:35 ]
Arxiv ichida: doc