Bolada ilk tasavvurlarni rivojlantirishni tashkil qilish Reja: 1. Ishni tashkil qilish 2. Mashg'ulotlar olib boorish 3. Matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish Ishni tashkil qilish Ikkinchi kichik guruhda matematik tushunchalarni rivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o'tkaza boshlanadi. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog'liqdir. Zamonaviy matematikada ,,son, ,,figura va boshqa tushunchalarni asoslashda to'plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o'z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi. To'plam ta'riflanmaydigan tushuncha bo'lib, misollar asosida beriladi, masalan bog'chadagi bolalar to'plami, qo'ldagi barmoq- lar to'plami yoki gapdagi so'zlar to'plami haqida gapiriladi. Bundan tashqari, to'plam biror narsaning yig'indisini anglatuvchi so'zlar o'rnida qo'llaniladi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig'indida bitta element yoki birorta ham element bo'lmasligi mumkin. To'plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to'plami, bog'cha hovlisidagi daraxtlar to'plami, viloyatdagi bog'chalar to'plami va hokazo, umuman to'plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo'lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish-sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o'tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi. To'plam uning ayrim elementlarini ajratish, elementlarini to'plamga birlashtirish yo'li bilan bolalar to'plamini uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga o'rganadilar. Kichkintoylarga to'plamlarni taqqoslash va to'plam tarkibiga kiruvchi elementlarni miqdoriga ko'ra teng quwatliligini aniqlash usullari o'rgatiladi (,,echkilar qancha bo'lsa, qo'ylar ham shuncha, ,,ruchkalarga qaraganda qalamlar ko'p). Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish usullari yordamida to'plam elementlari o'rtasida o'zaro bir qiymatli moslik bor yoki yo'qligini aniqlaydilar. Ikki to'plam uchun o'zaro bir qiymatli moslik tushunchasi shundan iboratki, birinchi to'plamning har bir elementiga ikkinchi to'plamning faqat bitta elementi mos keladi va aksincha (taqsimchalar qancha bo'lsa, piyolalar ham shuncha; qiz bolalar qancha bo'lsa, o'g'il bolalar ham shuncha va hoka'zolar cheklij to'plamlardir). Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to'plamlarnir elementlari o'rtasidagi bir qiymatli moslik o'rnatish asosida tarkib toptiriladi. Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlarni bajartirib, ularni sanoqni o'zlashtirishga olib kelinadi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Kichik guruhda narsalarni bo'yiga, eniga, balandligiga, hajr qarab taqqoslash mashqlariga katta e'tibor beriladi. Bolalarda kattal (miqdor) va ularning xususiyatlari to'g'risida dastlabki tasawurini hosil qilinadi, ular figuralar bilan tanishtiriladi, doira, kvadra uchburchak shaklidagi narsalarning rangi va katta-kichikligid qat'iy nazar, bir-biridan farq qilishga, ularning nomini aytish ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.72 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.72 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: doc