Bolalarda predmetlarning o'lchami va ularni o'lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish (4-amaliy mashg'ulot) Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni predmetlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma'lum o'rinni egallaydi. Har qanday predmetga to'g'ri va to'la xarakteristika berishda predmet kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina predmetning kattaligini ta'riflash mumkin. Каttalik tushunchasining ma'nosini ochib berar ekan. Matematika metodisti D.Galanini bunday ko'rsatadi: predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo'yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo'lishi mumkin. Predmetlarni taqqoslashning ma'lum mezonlariga ko'ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati o'rnatiladi. Kattalik, shuningdek, o'zgaruvchanligi bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday yozadi: O'lchamlar - bu obyektning shunday holatiki, ma'lum chegaralargacha o'zgara borib, aqalli berilgan alohida obyektni o'zgartirsa ham, ammo uning tur, boshlang'ich sifatini o'zgartirmaydi. Berilgan stol uzunligining o'zgarishi, uning kattaliginigina o'zgartiradi ammo uning mazmuni va sifatini o'zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi. Masalan: lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor bo'lishi mumkin: sakragich esa uzun yoki qisqa bo'lishi mumkin. Shu bilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar ko'rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalar predmetlarning kattaliklarini aniqlashda katta-kichik, ortiq-kam so'zlaridan foydalanishni afzal ko'radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarni predmetlarni alohida uzunliklarini (uzunligi, kengligi, balandligi, differensiallashtira olmasliklari, ular orasida o'lchamlik munosabatlarini o'rnata olmasliklari va ularning har birini, so'zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, o'zlari ko'pincha kattalikning aniq ta'rifi o'rniga juda umumiy bo'lgan katta-kichiklik terminlarini ishlatadilar. Каtta-kichiklik narsalarning fazoviy belgilaridan eng umumiysi ularning bir-biridan farqlanuvchi belgisidir. Har bir hajmli narsa haqida gapirganimizda, biz katta yoki kichik narsa to'g'risida so'zlaydi. Bundan tashqari, narsaning uchta o'lchami - bo'yi, uzunligi, eni (qalinligi,balandligi) bo'ladi. Ana shu o'lchamlarni bilgan holdagina narsani uzun yoki qisqa, keng yoki tor, baland yoki past deyish mumkin. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, buyumlarning hajmi (balandligi, rangi, pastligi, eni) o'zgargani bilan stol yoki stulniig nomi o'zgarmaydi. Stol stolligicha, stul stulligicha qoladi. Agar biz sonlarni oladigan bo'lsak 6 soni 5 sonidan katta, faqat 5 dan emas balki 4,3,2,1 dan ham katta. 3 soni esa faqat 4 sonidan kichik emas balki, undan yuqori sonlarning hammasidan kichik. Ta'limga politexnik ta'lim elementlarining kiritilib borilishi munosabati bilan narsalarning katta - kichikligi haqidagi bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdayoq bolalarda katta - kichiklik haqida tasavvurni tarkib toptirish zarurdir. Katta-kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish protsessida aniqlanadi. Narsalarning katta-kichikligini idrok qilish murakkab protsess bo'lib, u ko'rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida amalga oshiriladi. Katta kichiklikni idrok qilish u haqidagi so'zni ham o'z ichiga oladi. YA'ni narsalarning katta-kichikligi ikki tomonlama: narsalarining ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.73 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.73 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: docx