Bosim. Bosimni o'lchash. Bosim o'lchash asboblarni turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi

Bosim. Bosimni o'lchash. Bosim o'lchash asboblarni turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi

O'quvchilarga / Matematika
Bosim. Bosimni o'lchash. Bosim o'lchash asboblarni turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi - rasmi

Material tavsifi

Bosim. Bosimni o'lchash. Bosim o'lchash asboblarni turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Tekis sirtga normal ta'sir kursatuvchi tekis taksimlangan kuch bosim deyiladi. P=FS bu yerda: F-kuch, S-yuza. Bosim xalqaro birliklar sistemasida Pa (paskal) bilan ulchanadi. 1 Pa miqdor jihatidan 1m2 yuzaga tekis taksimlangan 1 N kuch hosil kilgan bosimga teng (Nm 2). Bosimning turli o'lchov birliklari orasidagi nisbati 1-jadvalda keltirilgan. Bosimni absolyut, atmosfera va vakuum turlari mavjud. Rabs- absolyut bosim-modda holatining parametri bo'lib Ratm -atmosfera va Rort - ortikcha bosimlar yig'indisidan iborat Rabs = Ratm+ Rort. Ortikcha bosim Rort = Rabs- Ratm Atmosfera bosimi-yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi. Atmosfera bosimi barometrlar bilan ulchanadi, shuning uchun shu bosim kupincha barometrik bosim xam deb yuritiladi. Agarda absolyut bosim atmosfera bosimidan kichik bulsa vakuum yoki siyraqlanish sodir bo'ladi Rv= Ratm - Rabs Bosim ulchaydigan asboblar ishlash prinsipiga ko'ra: ♦ suyuqlikli ♦ deformatsion (prujinali) ♦ yuk-porshenli ♦ elektrli ♦ ionli ♦ issiqlik turlariga bulinadi. Ulchanayotgan kattalikni turiga ko'ra kuydagi turlarga bulinadi: ♦ monometr- absolyut va ortikcha bosimni ulchaydi ♦ barometr -atmosfera bosimini ulchaydi. vakuummetr-berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimini siyraqlanishini ulchaydi ♦ differensial monometr-ikki bosim farqini ulchaydi. suyuqlikli bosim o'lchash asboblari. Bu asboblarni ishlash prinsipi ulchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Ishchi suyuqlik sifatida simob, transformator moyi, spirt va suv ishlatiladi. Ularda tutash idishlar prinsipi kullaniladi. Ishchi suyuqlik satxlari ulardagi bosimlar teng bo'lganda mos tushadi, bosim teng bo'lmaganda esa suyuqlik satxi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi -ortikcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortikcha gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Kupincha suyuqlikli monometrlar ishchi suyukligining kurinadigan satxiga ega. Usha satx bo'yicha ko'rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Ishchi suyuqlikni satxi kurinib turmaydigan asboblarda esa, satxni o'zgarishi boshqa qurilma xarakteristikasini o'zgarishiga olib keladi, yani bu qurilma bosimni bevosita ko'rsatishi yoki uning qiymatini uzgartirish va masofaga uzatishini ta'minlaydi. suyuqlik monometrlarini 2 naychali va kalkovichli turlari mavjud. Ikki naychali monometrlarda ulchanayotgan bosimni kuyidagicha ifodalash mumkin: Rort=Rabs-Ratm =H. g. p Bu yerda : N-suyuqlik satxining farqi p- suyuqlikning zichligi g- erkin tushish tezlanishi. Bunday asboblarning foydalanish chegarasi ~ 0 ÷10 kPa. Kalkovichli difmonometrda bosimni o'lchashda kosadagi suyuqlik satxining o'zgarishi natijasida kalkovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida kalkovichning siljishi strelkagacha uzatiladi. Bu asboblar kupincha bosimning o'zgarishini o'lchash uchun ishlatiladi. Deformatsion (prujinali) bosim o'lchash asboblari. Bunday asboblarni ishlash prinsipi bosim ta'sirida turli elastik elementlarni deformatsiyalanishiga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta'sirida vujudga keladigan mexanik siljish o'lchov asbobining strelkasini to'g'ri chiziqli yoki burchakli shkala bo'yicha surib, bosim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.02 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.02 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga