Reja: 1. Kirish. 2. Chizma geometriya fani. Asosiy geometrik tushunchalar va figuralar, geometrik fazo. 3. Markaziy proyeksiyalash usuli va uning xossalari, parallel proyeksiyalash usuli va uning xossalari. 4. Aksonometrik proyeksiyalar. ChIZMA GYeOMYeTRIYa FANI. Fan bizni urab turgan obyektiv borliqning qonuniyatlarini o'rganadi va o'z tadqiqotlaribilan ular haqidagi bilimimizni boyitadi. borliqning dialektik qonuniyatlarini o'rganishda geometrik xossalar xam katta rol uynaydi. Oliy texnika o'quv yurtlarida ukitiladigan fundamental texnika fanlari bo'lajak injenerlarga shunday apparatlar beradiki, bular orqali amaliy injenerlik masalalari ochiladi. Chizma geometriyaning asosiy apparati proyeksiyalash usullari bo'lib, u chizma vositasida urganiladi. Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasidir, u narsalarning geometrik xususiyatlariga asoslangan holda tasvirlash metodlari yordamida ularning shakllari, o'lchamlari va o'zaro joylashishlari, shuningdek pozitsion metrik va konstruktiv masalalarni yechish algoritmlarini urganiladi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan uzining asosiy usuli tasvirlash usuli bilan farq qiladi. Chizma geometriya matematika fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, umumiy texnika fanlaridan hisoblanadi. U uzining tasvirlash usullari yordamida o'quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni chizma geometriya ukiy bilish hamda injenerlik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonunlari bilan bor narsalargina emas, balki tasavvur kilinadigan narsalar xam tasvirlanadi. ChIZMA GYeOMYeTRIYa KURSIDA KUYIDAGILAR URGANILADI: 1. Fazoviy figuralarning tekislikdagi tasvirlarini, yani tekis modellar yasash usullari. Chizmada geometrik masalalarni grafik yul bilan yechish usullari. Figuralarning berilgan tekis chizmalari bo'yicha ularning fazoviy ko'rinishini va vaziyatini tasavvur qilish hamda ularning yakkol tasvirlarini yasash usullari. Figuralarning garfik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga utish usullari. 2. ASOSIY GYeOMYeTRIK TUShUNChALAR VA FIGURALAR. Geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri geometrik figuralardir. ta'rif. Xar qanday tartibda joylashgan nuqtalar to'plami geometrik figura deyiladi. Geometrik figuralarni tashkil qiluvchi nuqtalar to'plami bir necha va cheksiz ko'p nuqtalardan tuzilgan bo'lishi mumkin.Geometrik figuralar juda ko'p. Ammo shulardan eng asosiylari to'g'ri chiziq va tekislikdir. nuqtalar, to'g'ri chiziqlar va tekisliklar orasida malum munosabat urnatilgan bo'lib, buni etishlilik yoki tegishlilik deb yuritildi. Masalan, A nuqta a to'g'ri chiziqda yotadi (yoki tegishli): A Є a; a to'g'ri chiziq α tekislikda yotadi. (yoki tegishli): a Є α va xokazo. nuqta. nuqta eng boshlang'ich geometrik obrazdir. nuqtani xajmsiz, yuzasiz, uzunlikka ega bo'lmagan geometrik element deb qarash mumkin. Biz buni chizmalarda shartli ravishda kichkina aylana ko'rinishida tasvirlaymiz. to'g'ri chiziq. to'g'ri chiziqni bitta nurda etuvchi nuqtalar to'plami deb qarash mumkin. Berilgan ikki nuqtadan utishi mumkin bo'lgan yagona geometrik figura fakat to'g'ri chiziq bo'ladi. TYeKISLIK. Tekislik ustida cheksiz ko'p nuqtalar va to'g'ri chiziqlar mavjuddir. Shunga ko'ra tekislikni nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar to'plamidan iborat deb qarash mumkin. aniq sonli nuqtalar va to'g'ri chiziqlar ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc