EXMda masalalar yechish bosqichlari Reja: 1. Masalani kuyish va model tuzish. 2. Masalani yechish va algoritm tuzish. 3. Algoritmni dasturlash tilida yozish va EXM yordamida yechish. 4. Olingan natijalarni tahlil qilish. hozirgi davrda zamonaviy hisoblash texnikalari sanoatda, fan va texnikaning barcha sohalarida keng mikyosda kullanilmokda. EXM bilan bevosita ishlaganda oldin qanday bosqichlarni bajarish kerakligini bilish kerak. Istalgan hayotiy yoki matematik, fizik va xokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular katiy ta'riflangan matematik yoki fizik va xokazo tushunchalar tilida bayon kilinadi. Sungra yechishning maqsadi, yani masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi kursatiladi. 1.Masala shartining aniq ifodasi masalaning matematik kuyilishi deyiladi. Masalani kuyilishi uni yechishninng birinchi bosqichi bo'ladi.Bu bosqich karalayotgan masala kaysi sohaga (texnika, iqtisod, qurilish va xokazo) tegishli bulsa, shu sohadagi malakali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Bunda masalaning to'g'ri qo'yilganligi va uni yechish uchun kerakli barcha kriteriyalar ishlab chikiladi. Umuman olganda, istalgan masalani yechish uchun uning berilishini to'g'ri tushunib olish, qanday ma'lumotlar kerakligi va qanday natija olinishini bilish kerak. 2.Masalaning matematik modelini tuzish. Bu bosqichda karalayotgan masala matematik tilda ifodalanadi, yani uning matematik modeli tuziladi. qo'yilgan masalaning matematik modeli tuzilishi natijasida tenglama, tenglamalar sistemasi, differensial tenglama, aniq integralni hisoblash va xoka'zolar hosil kilinadi. qo'yilgan masala kaysi sohaga tegishli bulsa, uning modelini tuzayotgan mutaxassis shu sohaga tegishli bo'lgan matematik apparatlarni yaxshi tushungan bo'lishi lozim. Umuman olganda, tuzilgan matematik model qo'yilgan masalaning mohiyatini uzida saqlash i lozim. 3.Masalani yechish usulini tanlash. Bu bosqichda hosil qilingan matematik masalaning yechish usuli tanlanadi. Buning uchun tayyor sonli usullardan foydalanish mumkin. Tanlangan usulning to'g'riligini keyingi bosqichlarda tekshirib kuriladi. 4.hisoblash algoritmini tuzish. Bu bosqichda masalaning yechish algoritmi tuziladi, yani masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo'lgan buyruklarning tartiblangan ketma-ketligi ishlab chikiladi. Algoritm tuzishda iloi boricha uni sodda va tushunarli qilib tuzish maqsadga muvofik bo'ladi. 5.Biror algoritmik tilda dastur tuzish. Bu bosqich ishlab chiqilgan algoritmni EXM tushunadigan biror dasturlash tiliga o'tkazishdan iborat. Tuzilgan dasturning to'g'ri bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Agar tuzilgan dastur katta xajmda bulsa, u holda unga zarur joylarda izox berilsa, dasturni tushunish osonlashadi. Dastur tuzishda kaysi dasturlash tilidan foydalanish masalaning mohiyatiga bog'liq. Umuman olganda kaysi dasturlash tilini qo'llash dasturchining ixtiyorida bo'ladi. 6.Dasturni EXM xotirasiga kiritish va uni tuzatish. Dastur tuzilgandan keyin, uning bajarilishi uchun EXM xotirasiga kiritish zarur. Umuman olganda, bu bosqichda dasturning to'g'ri ishlashi va yul qo'yilgan xatoliklarni aniklab tuzatish, algoritmni tuzishda yul qo'yilgan xatolarni bartaraf etish, muhim ahamiyatga ega. EXM dasturni bajarishda birinchi navbatda uni uzining «tili»ga tarjima ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 12:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 12:52 ]
Arxiv ichida: doc