Ekvivalentlik munosabati. Tartib munosabati. Binar algebraik amal. Algebraik amallarning turlari

Ekvivalentlik munosabati. Tartib munosabati. Binar algebraik amal. Algebraik amallarning turlari

O'quvchilarga / Matematika
Ekvivalentlik munosabati. Tartib munosabati. Binar algebraik amal. Algebraik amallarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Ekvivalentlik munosabati. Tartib munosabati Binar algebraik amal. Algebraik amallarning turlari Reja: Binar algebraik amal haqida tushuncha; Algebraik amal turlari; Binar algebraik amallarning xossalari. Ekvivalentlik munosabati; Faktor to'plami; Tartib munosabati; Tartiblangan to'plam; Oldingi ma'ruzada binar munosabatlarning bir nechta turlarining o'rgandik. Ayrim hollarda bitta to'plamda bir nechta binar munosabatlar aniqlangan bo'lishi mumkin. Ta'rif: Agar A to'plamda aniqlangan binar munosabat bir vaqtning o'zida refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo'lsa, u holda munosabatga ekvivalenlik munosabat deyiladi. Ekvivalentlik munosabati = kabi belgilanadi. Masalan, ixtiyoriy A to'plam elementlari uchun aniqlangan tenglik munosabati, to'g'ri chiziqlar to'plamidagi parallellik munosabati, uchburchaklar to'plamidagi o'xashashlik munosabati ekvivalentlik munosabati bo'ladi. (x; y): x, yZ, va x-y son m ga bo'linadi munosabati ekvivalent munosabat bo'ladi. A to'plamda aniqlangan ekvivalentlik munosabati shu A to'plamni o'zaro kesishmaydigan sinflarga ajratish tushunchasi bilan uzviy bo'glangan. Bunday sihflar odatda ekvivalentlik sinflari deb yuritiladi. a element bilan aniqlanuvchi ekvivalentlik sinfi deb a ga ekvivalent bo'lgan elementlardan tuzilgan to'plamga aytiladi Ta'rif: Agar A to'plam ekvivalentlik munosabati yordamida ekvivalentlik sinflariga ajratilgan bo'lsa, u holda bu ekvivalentlik sinflari to'plamiga faktor to'plam deyiladi va uni A ko'rinishda belgilanadi. Misol. Z=…,-3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, …to'plamning barcha elementlarini 4 ga bo'lib chiqaylik. Z ning elementlarini 4 ga bo'lishdan hosil bo'lgan qoldiqlar 0, 1, 2, 3 bo'ladi. Bu qoldiqlar bo'yicha Z ni C=4k, C=4k=1, C=4k=2, C=4k+3 sinflarga ajratish mumkin. va bo'ladi. Matematikada tartib munosabati tushunchasi katta ahamiyatga ega. Shu tushuncha bilan tanishaylik. Ta'rif: A to'plamda antisimmetrik va tranzitiv bo'lgan binar munosabatga tartib munosabati deyiladi. Tartib munosabati kiritilgan to'plam tartiblangan to'plam deyiladi. Tartib munosabati orqali belgilanadi. Ta'rif: Agar A to'plamda aniqlangan tartib munosabati refleksiv (antirefkeksiv) bo'lsa, u holda ga qat'iymas (qat'iy) tartib munosabati deyladi. Ta'rif: A to'plamda aniqlangan tartib munosabati bog'langan bo'lsa, ya'ni A to'plamning ixtiyoriy a va b elementlari uchun ab yoki a=b yoki ba munosabatlardan faqat bittasi bajarilsa, u holda ga chiziqli tartib munoisabati deyladi. Chiziqli bo'lmagan tartib munosabati odatda qisman tartiblanganlik munosabati deb yuritiladi. Sonlar to'plamida (kompleks sonlar to'plamidan boshqa) aniqlangan kichik emaslik () munosabati tartib munosabati bo'ladi. Ta'rif: Qisman tartiblangan A to'plamning berilgan a elementi va ixtiyoriy x elementi uchun a≤x (a≥x) munosabat bajarilsa, u holda a ga A to'plamning eng kichik (eng katta ) elementi deyiladi. Qisman tartiblangan to'plamlar umuman olganda eng katta va eng kichik elementga ega bo'lmasligi mumkin. Masalan, manfymas haqiqiy sonlar to'plami eng kichik element, ya'ni 0 ga ega, lekin eng katta elementga ega emas. Ta'rif: Agar qisman tartiblangan A to'plamning a elementidan qat'iy katta (kat'iy kichik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.14 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 12:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.14 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga