Geometrik figuralarning tekislikda tasvirlanishiga oid teorema va aksiomalar hamda ularning tadbiqlari Reja: Geometrik figuralarning tekislikda tasvirlanishiga oid teorema va aksiomalar hamda ularning tadbiqlari Piramida va uning yassi kesimlarini yasash. Parallelepiped va uning kesimini yasash. Geometrik masalalarning hal qilinishiga doir o'quvchilarda qobiliyat, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish, rivojlanib borayotgan mustaqil davlatimiz xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, yangi texnologiyaning yaratilishi va joriy qilinishida, zamonaviy ishlab chiqarish, fan, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda hamda inson amaliy faoliyatida muhim o'rin tutadi. Geometriyaning stereometriya bo'limiga doir tasvirlash masalalarining yechimi talabalarning talaba va texnikani ko'rgazmali idrok etishga, figuralarning tuzilishini, fazoviy ma'lumotlarni chuqurroq bilishga, ko'z ko'rib bo'lmaydigan jarayonlar hodisalarni sinchiklab o'rganishga yordam beradi. Geometriya kursida geometrik tasvirlash masalalarning ko'rib o'tishidan ko'zlangan asosiy maqsad geometrik yasashlarni bajarish orqali talabalarning fazoviy tasavvurini va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantirishni taqozo qiladi. Tekislikda fazoviy figuralarni geometric tasvirlashda barcha ko'nikmalarni hosil qilish jarayoni quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi: Oldindan mavjud bo'lgan bilimlariga tayangan holda biron-bir muammoni mufassal hal etish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyati darajasini oshirish. Bilim, o'quv malakalarini to'la qiymati o'zlashtirishga ularni o'rganuvchi shroitlarda mustaqil qo'llanish natijasidagina erishish mumkinligi g'oyasini singdirish. Planimetriyadan stereometriyaga o'tish jarayonida ( ikki o'lchovli tekislikdan uch o'lchovli fazoga) tasvirlash orqali talabalarda kuzatish, taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalarga o'xshashlik va farq qiladigan belgilarni ajratish, tahlil, sintez qilish, umumlashtirish, fazoviy jismlarni to'la tasavvur qilish, qobiliyatlarini o'stirish. Umuman olganda o'quvchilarning aqliy tafakkurini rivojlantirishdan iborat. O'quvchilarning dunyoqarash tafakkurini rivojlantirish dars davomida va darsdan tashqari jarayonlarda amalgam oshiriladi. Bu muammolarni hal etishda geometriya darslarida tasvirlashga doir masalalarni yechish ayniqsa katta ahmiyat kasb etadi. Chunki bu o'quv mazmuni, metodlari va o'quv qurollaridan to'g'ri foydalanish, ularning matematik qobiliyatini va bilimini hisobga olib o'qitish sistemasining ratsional usullarini topishni talab etadi. Stereometriyadagi yasashga doir masalalarni yechishdan oldin stereometriyadagi asosiy tushunchalar, aksiomalar, teoremalar va ulardan kelib chiqadigan natijalarni o'rganish lozimdir. Shundagina berilayotgan ta'lim samarali bo'ladi, o'quvchilarning bilimini sistemaga soladi va mustahkamlaydi. Stereometriyada geometric yasash masalalarni yechish malakasini o'quvchilarda shakllantirishning ilk bosqichi fazoning asosiy figuralari nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik haqida tushuncha berishdan iborat. Planimetriyada barcha figuralar joylashadigan bitta tekislikka ega edik, stereometriyada esa tekisliklar cheksiz ko'pdir. Yangi geometric obyekt, ya'ni tekislikning kiritilishi mavjud, aksiomalar sistemasini kengaytirishga olib keladi. Fazoda nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklararo qanday vaziyatda joylashishlari mumkinligi to'g'risida o'quvchilarga bilim berishda quyidagi uchta aksioma muhim o'rin tutadi. C1. Tekislik qanday bo'lmasin, shu tekislikka tegishli nuqtalar va unga tegishli bo'lmagan nuqtalar mavjud. C2. Agar ikkita turli tekislik umumiy nuqtaga ega bo'lsa, ular shu nuqtadan o'tuvchi to'g'ri ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
169.55 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
169.55 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:11 ]
Arxiv ichida: doc