Hisoblash matematikasi fanining ahamiyati. Masalani EHMda yechish bosqichlari

Hisoblash matematikasi fanining ahamiyati. Masalani EHMda yechish bosqichlari

O'quvchilarga / Matematika
Hisoblash matematikasi fanining ahamiyati. Masalani EHMda yechish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Hisoblash matematikasi fanining ahamiyati. Masalani ehmda yechish bosqichlari Reja: Hisoblash matematikasining qisqacha tarixi, predmeti va metodi. Hozirgi zamon hisoblash mashinalari va sonli metodlar nazariyasi, ularning o'zaro aloqasi va ta'siri. Matematik modelni qurish prinsiplari. Masalani yechish uchun boshlang'ich ma'lumotlar. Matematik modellarni yechish algoritmini qurish yo'llari. HISOBLASH MATEMATIKASINING QISQACHA TARIXI, PREDMETI VA METODI Matematika turmush masalalarini yechishga bo'lgan ehtiyoj, ya'ni yuzalar va hajmlarni o'lchash, kema harakatini boshqarish, yuldo'zlar harakatini ko'zatish va boshqalar tufayli vujudga kelganligi uchun ham u hisoblash matematikasi bo'lib, uning maqsadi masala yechimini son shaklida topishdan iborat. Bu fikrga ishonch hosil qilish uchun matematika tarixiga nazar tashlash kifoya. Bobil olimlarining asosiy faoliyati matematik jadvallar tuzishdan iborat bo'lgan. Shu jadvallardan bizgacha etib kelganlaridan biri miloddan 200 yil avval tuzilgan bo'lib, unda 1 dan 60 gacha bo'lgan sonlarning kvadratlari keltirilgan. Miloddan avvalgi 747 yilda tuzilgan boshqa bir jadvalda Oy va Quyoshning tutilish vaqtlari keltirilgan. Qadimiy misrliklar ham faol hisobchilar bo'lganlar. Ular murakkab kasrlarni surati birga teng bo'lgan oddiy kasrlar yig'indisi (masalan: ) shaklida ifodalovchi jadvallar tuzishgan va chiziqli bo'lmagan algebraik tenglamalarni yechish uchun vatarlar usulini yaratishgan. Yunon matematiklariga kelsak, miloddan avval 220 yillar atrofida Arximed soni uchun tengsizlikni ko'rsatdi. Diofant II asrda aniqmas tenlamalarni yechishdan tashqari kvadrat tenglamalarni sonli yechish usulini yaratgan. IX-X asrlarda O'rta Osiyoda matematika, astranomiya va boshqa tabiiy fanlar rivojlana boshladi. Bu yerda al-Xorazmiydek buyuk alloma dunyoga keldi. Hisoblash matematikasining mutaxassisi ingliz matematigi e.But o'zini «Sonli metodlar» kitobining kirish qismida «Hisoblash metodlarini sistemaga solganligi uchun birinchi arab matematigi Muhammad ibn - Muso al - Xorazmiydan minnatdormiz» deb yozgan edi. Abu Abdullo Muhammad ibn-Muso al-Xorazmiy 780 yilda Xivada tug'ilib, 85 yilda Bog'dodda olamdan utgan yoshligidanoq ilm-fanga qiziqqan. O'sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Xalifatning poytaxti - Bog'dodga taklif qilingan. U Sharqning birinchi akademiyasi - Bog'doddagi Bayt-ul xikmat (Donishmandlar uyi)da faol ish olib borgan. U Donishmandlar o'yining kutubxonasini boshqargan. Bu yerda uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar bilan bir qatorda Axmad Fargoniy va Axmad ibn Marvaziy kabi O'rta Osiyolik olimlar tadqiqot olib borishgan. Al-Xorazmiy O'rta Osiyoning islomdan oldingi o'ziga xos ilmiy merosiga, qo'shni Hindiston va Yaqin Sharqdagi ellinistik davlatlaridagi ilmiy g'oyalarga tayanib ishladi. Al-Xorazmiy Xind sanog'i to'g'risidagi arifmetik risolasida o'nlik sanoq, sistemasini va bu sistemada to'rtta arifmetik amallarni bajarish qoidalarini birinchi bo'lib bayon qilgan. Bu risola XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan va u Osiyoda ham, Evropada ham unlik sanoq, sistemasini qo'llanilishiga va tarqalishiga poydevor bo'lgan. Evropada bunday qoidalar al-Xorazmiy nomi bilan atalib, Algorizmi deyilgan. Keyinchalik u Algorithm va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.28 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.28 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga