Matematika o'qitish jarayonining tuzilishi va mohiyati Reja: Matematika o'qitish jarayonining tuzilishi va mohiyati Pedagog- pedagogik texnologiya loyihasi muallifi sifatida Matematika o'qitish jarayoni o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro bog'liq bo'lgan tizimli faoliyatlari majmuasi bo'lib bunda, o'quvchilarni bilimli ongli matematik tushunchalarni puxta egallagan va amaliyotga tadbiq etish ko'nikmalariga ega qilib tarbiyalash nazarda tutilgan. Bu jarayon ta'lim maqsadi va uning asosiy komponentlari bo'lgan-ta'lim mazmuni,o'qitish, ta'lim berish, ta'lim vositalari bilan o'zaro bog'liq ravishda amalga oshiriladi, ya'ni: Boshlang'ich sinflarda matematika o'qtishning muhim omillaridan biri-uning mazmuni, o'qitish mazmuni esa ta'lim mazmunidan kelib chiqadi va pedagogik jarayonda amalga oshiriladi. Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlarida o'z aksini topgan, ya'ni davlat ta'lim standartlarida,matematika fanining o'quv dasturlarida va b.k. Matematika darsliklarida va o'quv dasturlarida aks ettirilgan o'quv predmeti mazmuni ta'lim berish va o'zlashtirish prinsiplariga qaratilgan. Pedagogik jarayonning ijobiy tarzda amalga oshirilishi faqatgina o'quv predmetining mazmuniga emas balki ta'lim jarayoyoni amalga oshirilayotgan muhitdagi shart sharoitga (o'quvchilar soni va o'zlashtirilganlik darajasi, sinf xonasiining yoritilganligi, tashkiliy jarayon va holat, sinfdagi ruhiy holat va muhit va b.q.) ham bog'liqdir. O'qitish jarayoni o'quvchining xususiy o'rganuvchanlik faoliyati va o'ituvchining o'rgatuvchanlik faoliyatidan iborat Bilimlarni o'zlashtirishning avtoritarizmligi quyidagilarda namoyon bo'ladi: faoliyatning chegaralanganligi, o'rgatuvchining majburiyligi; nazoratning markazlashganligi; - mazmunning o'rtacha o'quvchiga mo'ljallanganligi; Boshlang'ich sinfda matematika o'qitishning mazmuniga arifmetika, algebra, geometrik materiallar, tekstli masalalar, miqdorlar va ularni o'lchashlar kiritilgan. O'qitish jaraayonini tashkil etuvchi elemntlar o'qitish maqsadi, o'qituvchi faoliyati (o'qitish), o'quvchi faoliyati(o'rganish) va natija hisoblanadi.Shuningdek o'qitish jarayoni faoliyatsifatida ham qaraladi. Ta'lim didaktikada qo'llaniladigan eng sermazmun tushunchadir. Umumiy didaktika darajasida ta'lim ma'lumot mazmunini o'zlashtirish uchun o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining birligi, ularning o'zaro ta'siri ma'nosida ishlatiladi. Ta'lim - insoniyat tajribasining ma'lum tomonlarini, ya'ni o'quvchilar ijtimoiy taraqqiyoining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo'lishlarini ta'minlaydigan faoliyatdir. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchilariga aylanadi. Ta'limdagi yutuqlar avvalo o'qituvchiga bog'liq. Ta'limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma'noni bildiradi, ya'ni ta'lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o'stirishdir. Ta'lim «ma'lumot mazmuni», «ta'lim mazmuni», «ta'lim jarayoni» kategoriyalari bilan bog'liqdir. Ma'lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashining umumiy asoslari aks etadi. Unda fan, texnika, madaniyat ishlab chiqarish, tafakkurga oid etakchi qarashlar, g'oyalar, nazariyalar, faktlar beriladi. Ma'lumot mazmuni to'rtta elementdan iborat: Bilimlar tizimi. Bilim- tabiatda, jamiyatda, inson ongida ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.61 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.61 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:43 ]
Arxiv ichida: doc