Matematika o'qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha

Matematika o'qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Matematika
Matematika o'qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Matematika o'qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha Reja: 1) Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. 2) Matematika o'qitishda o'quvchilariga matematika fani bo'yicha DTS asosida quyilgan minimal talablar 3) «Texnologiya « tushunchasi vailmiy taraqqiyoti O'zbekistonda ta'lim sohasini isloh qilish to'g'risidagi hujjatlarda har tomonlama barkamol, yetuk raqobatbardosh kadrlar tayyorlab yetishtirish asosiy maqsad qilib belgilab o'tilgan. Respublikamizning ijtimoiy siyosiy sohasida, iqtisodiy ma'naviy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, fan texnika , texnologiya yutuqlari ta'lim sohasidagi samarali natijalardan bo'lib hisoblanadi. Pedagoglar tomonidan yaratilayotgan ta'lim dasturlari har tomonlama yetuk shaxslarni tarbiyalashga qaratilgandir. Ta'lim maqsadlarining muntazam ravishda yangilanib turilishi, uzluksiz boyitilishi ta'lim mazmunining yangi modellarini tanlash uchun asos bo'ladigan ustuvor yo'nalishdir. Bugungi kunda ta'lim mazmunida shaxs, jamiyat, fan-texnika, ishlab chiqarish ehtiyojlari chambarchas bog'langan holda o'z ifodasini topmoqda. Shunga ko'ra, ta'lim, fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish yagona tizimni tashkil etmog'i lozim.O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining bosh maqsadi ham asosan shundan iboratdir. Ta'lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy yo'nalishlari: t'lim tizimini, mazmunini isloh qilish; ta'lim tarbiya boshqaruvini isloh qilish; ta'limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; ota-ona, o'qituvchi, o'quvchining ta'lim jarayoniga bo'lgan yangicha qarashlarini shakllantirish; Bu islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir. Ta'lim islohotlarini amalga oshirish va ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun ta'limning yangi modeli yaratildi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'rsida»gi Qonuni asosida turli yo'nalishlarga mos ta'lim dasturlari va davlat ta'lim standartlari joriy qilindi. Ta'lim dasturlari va davlat ta'lim standartlarida Oliy o'quv yurtlari va umum ta'lim maktablari o'rtasida qat'iy uzviylikni ta'minlash ko'zda tutilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematika fani bo'yicha DTS asosida quyilgan minimal talablarni umumiy holatda quyidagicha ifodalashimiz mumkin: A) Sonlar va hisoblashlarga oid: Son va hisob; Natural sonlar va nol; Predmetlar miqdori; Sonlarni taqqoslash; Miqdorlar ularni o'lchash va taqqoslash; Arifmetik misollar va ularni bajarish qoidalari; Miqdorlar o'rtasida bog'liklik; Sonli va harfiy ifodalar; Kasr, qavslar, sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi; Sonli tenglik va tengsizliklar; B) Geometrik figuralarga oid; Geometrik o'lchashlar; Nuqta,kesma,kupburchak,doira, aylana, uzunlik, balandlik tushunchalari; Sirkul va lineyka yordamida geometrik figuralarni tasvirlash; Figuralarning o'zaro joylashuvi; Figuralarning xossalari; «katta», «kichik», « marta ko'p», «marta kam» kabi matematik munosabatlar; Boshlang'ich maktab o'quv rejalarida matematika fani uchun DTS asosida 675 soat miqdorida o'quv soatlari ajratilgan va bu soatlarning sinflar bo'yicha taqsimoti quyidagicha: Boshlang'ich sinflarda matematik ta'lim o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini shakllantirishga, o'z g'oyalarini mustaqil ifodalay olishga, bilimlarni faoliyat jarayoniga tadbiq etish ko'nikmaoarini shakllantirishga qaratilgan. Matematika darslarida o'quvchilar og'zaki mash'larni bajarish va tekshirish, masalalar yechish usullari bilan tanishish, yozuv daftarlarini yuritish tartibi, tashkiliy ishlar, mustaqil ta'limni amalga oshirish, o'qitishning texnik vositalarini qo'llash, muammoli vaziyatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.46 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.46 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga