Maxsus sirtqi bo'lim uchun matematikadan o'quv dasturi Reja: 1. Maxsus Sirtqi Bo'lim Uchun Matematikadan O'quv Dasturi 2. Matematika kursining mazmuni 3. Talabalarning olgan bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar Maxsus sirtqi bo'lim uchun matematikadan o'quv dasturi Mazkur dasturning maqsadi boshlang'ich ta'lim va tarbiyaviy ish mutaxasisligi maxsus sirtqi bo'limi bakalavrini boshlang'ich matematika kursining nazariy asoslari va oliy matematika qisqa kursi bilan tanishtirishdan iborat. Bu o'quv dasturi matematika o'qitishda quyidagi vazifalarni hal qilishni o'z oldiga qo'yadi: - talabalarga matematikaning dunyoqarashni shakllantirishdagi va atrof borliqni o'rganishdagi ahamiyatini ochib berish; - talabalarga boshlang'ich matematika kursining nazariy asoslarini o'rgatish, ularda boshlang'ich matematika kursini chuqurroq o'zlashtirishlari uchun zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish; - talabalarni oliy matematika qisqa kursi bilan tanishtirish; - talabalarni o'quv qo'llanmalari va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o'rgatish. Yuqoridagi maqsad va vazifalar matematika kursining asosiy mazmunini belgilaydi. Boshlang'ich matematika kursining asosini nomanfiy butun sonlar va ular ustida amallar, miqdorlar va ularni o'lchash tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriya elementlari ham o'z o'rnini topgan. Son tushunchasini shakllantirish va uni kengaytirish, miqdorlar tushunchasini shakllantirish va ularni o'lchash ko'nikmalarini hosil qilish uchun talabalarning bir qator umumiy matematik tushunchalarni bilishlari va o'zlashtirishlari talab qilinadi. Bular to'plam, munosabat, funksiya tushunchalari va mantiqiy, algebrik, geometrik tushunchalardir. Son tushunchasini kengaytirish masalasi nomanfiy butun sonlar to'plamidan kompleks sonlar to'plamigacha bo'lgan barcha sonli to'plamlarni, ularning xossalarini, har birini tashkil etuvchi sonlarning ta'rifi va ular ustida bajariladigan amallar ta'rifi bilan qonun-qoidalarni o'z ichiga oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib matematika kursining mazmunini quyidagicha bo'limlarga taqsimlash mumkin. I. Umumiy matematik tushunchalar. II. Nomanfiy butun sonlar. II. Son tushunchasini kengaytirish. IV. funksiya, hosila, integral. V. Algebra va analitik geometriya elementlari. VI. Elementar geometriya elementlari. VII. Miqdorlar va ularni o'lchash. Matematika kursining mazmuni: Talabalarning olgan bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar: - Chekli va cheksiz to'plamlar ustida amallar bajarishni bilish. - Berilgan moslik turini, xossalarini aniqlash, sonli funksiyalarni tanish, to'g'ri va teskari proportsionallikni ajrata bilish. - Sodda kombinatorika masalalarini yecha olish. - Tushunchalarni ta'riflash usulini farqlay olish. - Fikrlar va predikatlar ustida logik amallarni bajara olish. - To'g'ri va noto'g'ri muhokamalarni farqlay olish. - Boshlang'ich maktabda qo'llanadigan algoritmlarni bilish, tuza olish. - Algebraik operatsiya, uning neytral, simmetrik yutuvchi elementlarini bilish. Berilgan algebraik operatsiyaga nisbatan yarim gruppa, gruppa, halqa va maydon tashkil etuvchi to'plamlarni ajrata olish. - Nomanfiy butun son tushunchasi va sonlar ustida bajariladigan amallarni to'plamlar nazariyasiga ko'ra sharhlay olish. Boshlang'ich maktab matematika darsligidagi matnli masalalarni yechishda bajariladigan amalni tanlashni asoslay bilish. - Nomanfiy butun sonlar to'plamini ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.74 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.74 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:46 ]
Arxiv ichida: doc