Mikroprotsessorlar

Mikroprotsessorlar

O'quvchilarga / Matematika
Mikroprotsessorlar - rasmi

Material tavsifi

Mikroprotsessorlar Reja: Yarim o'tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari Mikroprosessorlarning ishlash va faoliyat ko'rsatish imkoniyatlari Mikroprosessorning tuzilishi Xotira va uning ishlash imkoniyatlari Registrlar va ularning turlari Ushbu ishda yarim o'tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari, mikroprosessor turlari, mikroprosessorlarning ishlash va faoliyat ko'rsatish imkoniyatlari, mikroprosessorning tuzilishi, xotira va uning ishlash imkoniyatlari, registrlar va ularning turlari haqidagi asosiy tushinchalar haqida tanishtiriladi. Yarim o'tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Radioelektron qurilmalar juda ko'p sondagi elektron asboblardan tashkil topadi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan ularning soni va turi yanada ortib bormoqda. Shuning uchun radioelektron qurilmaning mustahkamligi, uzoq, muddat ishonchli xizmat qila olish qobiliyati va boshqa xususiyatlarini oshirgan holda ularning hajmini kichraytirish, og'irligi va sarf qiladigan quvvatini kamaytirish kabi masalalar o'rtaga qo'yilmoqda. Yarim o'tkazgichlar texnikasining rivojlanishi yarim o'tkazgichli asboblarning ma'lum kombinatsiyadagi sistemasini bir qobiqda joylashtirish imkoniyatini yaratdi. Bunday asboblar modul - sxemalar yoki mikromodullar deb ataladi. Ularda o'ta ixcham qobiqsiz yarim o'tkazgichli asboblap, plyonkali (pardasimon) qarshilik va kondensatorlar ma'lum sxema asosida bir qobiq ichiga yig'iladi va biror elektron qurilmaning to'liq sxemasini tashkil etadi. Shuning uchun ular mikrosxemalar deb ham ataladi. Mikrosxemalarning 1sm3 hajmida kamida 5 ta element (tranzistor, diod, rezistor, sig'im va induktivlik) qatnashib, ular biror elektron qurilmaning tugallangan sxemasini tashkil etishi lozim. Integral mikrosxema (IMS) deb ataladigan yarim o'tkazgichli asboblar keng qo'llaniladi. Ular qurilmaning umumiy hajmini 20 00 martadan ortiq kichraytirish imkonini beradi. IMS shunday qurilmaki, uning barcha elementlari yoki ularning bir qismi ajralmas qilib bog'langan bo'ladi. Ular bir-biri bilan shunday tutashganki, natijada bir butun qurilma bo'lib xizmat qiladi. Mikrosxemalarni turlarga ajratish juda ko'p belgilarga asoslanadi: materialining turi, elementlarining soni, funktsional bog'lanishi, qanday maqsadga xizmat qilishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, konstruktsiya va boshqalar. Masalan, bajaradigan ishining turiga qarab - kuchaytirgichlar, generatorlar, mantiqiy elementlar; funktsional maqsadiga qarab- raqamli, qiyosiy (chiziqli), hissiy- raqamli; ishlab chiqarish texnologiyasi va konstruktsiyasiga qarab - yarim o'tkazgichli, pardasimon (plenkali), gibridli va birlashtirilgan sxemalar mavjud. IMS ning murakkabligi yarim o'tkazgich kristalida nechta element joylashtirilganligi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra mikrosxemalar integrallanish darajasi orqali xarakterlanadi. Masalan, elementlarining soni 10 tagacha bo'lgan mikrosxemalar birinchi darajali integral sxema (IS1) yoki oddiy mikrosxema, elementlarining soni 100 tagacha bo'lganlari-ikkinchi darajali integral sxema (IS2) yoki o'rta (O'IS) mikrosxema deb ataladi. Elementlarining soni 100-100 bo'lgan ISlar II darajali, ya'ni katta integral sxema (KIS), 10 00 dan ortiq elementga ega bo'lgan mikrosxemalar esa, o'ta katta (O'KIS), ya'ni yuqori darajada integrallanishli mikrosxemalar hisoblanadi. Oddiy IMSga mantiqiy elementlar, o'rta IMSga esa, kompyuterning xotira qurilmalari, hisoblagichlar, jamlash qurilmalari - summatorlar misol bo'ladi. Arifmetik, mantiqiy va boshqarish qurilmalari katta IMS ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.23 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.23 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga