Modda miqdori va sarfini nazorat qilish

Modda miqdori va sarfini nazorat qilish

O'quvchilarga / Matematika
Modda miqdori va sarfini nazorat qilish - rasmi

Material tavsifi

Modda miqdori va sarfini nazorat qilish Ishlab chikarilayotgan mahsulot sifati va texnologik jarayonni avtomatik boshqarish samaradorligini oshirish omillaridan biri turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o'lchashdir. Sarf o'lchash sistemalarini kullanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug, yonilg'i) hisobga olish va nazorat qilish buyiga texnik masalalarning xal qilinishini soddalashtiradi, jarayonining eng optimal parametrlarini aniklashga imkon beradi. Sarf o'lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o'lchagichlar deyiladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida utgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf ulchaydigan asboblar oniy sarfni ulchaydi va texnologik rejimlar ishini nazorat qilishga, texnologik jarayonning xar bir onda avtomatik ravishda rostlashga imkon beradi. Moddaning xajmiy sarfi - ls, m3s, m3soat. Massa sarfi esa - kg s, kgsoat, tsoat da ulchanadi. Modda miqdorini ulchaydigan asboblar hisoblagichlar deyiladi. hisoblagichlar uzlaridan utgan modda miqdorini ulchaydi. Modda miqdori litr, m3 yoki kg, tonna birliklarida ifodalanadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug, gazlarning sarfini quyidagi sarf o'lchagichlar yordamida ulchanadi: ♦ bosim farqi uzgaruvchan sarf o'lchagichlar ♦ bosim farqi uzgarmas sarf o'lchagichlar ♦ uzgaruvchan satxli sarf o'lchagichlar ♦ induksion sarf o'lchagichlar ♦ ultratovush sarf o'lchagichlar ♦ kalorimetrik sarf o'lchagichlar ♦ ionli sarf o'lchagichlar Sanoatda kuplab ishlatiladigan ayrim asboblarni ko'rib chiqamiz. Bosimlar farqi uzgaruvchan sarf o'lchagichlar. Sarfni bunday usul bilan o'lchashda suyuqlik yoki gaz o'tayotgan trubkada kichik diametrli tusik -diafragma yoki saplo urnatishi natijasida hosil buladigan modda statik bosimning o'zgarishini o'lchashga asoslangan. 1-rasmda kurinib turibdiki tusikni oldi va orqasidan ∆P bosimlar farqi hosil bo'ladi va ∆P modda sarfini o'lchovi bo'lishi mumkin. Sarfni son qiymati esa difmonometr ulchagan ∆P buyiga aniklanadi. Tusiklar sifatida qo'llaniladigan diafragma, saplo va venturi saplolari davlat standarti asosida tayyorlanadi. Bunday sarf o'lchagichlar sodda, arzon, universal va ishonchlidir. Bosimlar farqi uzgarmas sarf o'lchagichlar-ratometrlar laboratoriya va sanoatda keng ishlatiladi. Ishlash prinsipi ulchanayotganda muhit oqimining pastdan yuqoriga utishida konussimon naycha ichiga joylashgan kalkovichning vertikal siljishiga asoslangan. Ratometrlarda masofaga signal uzatish uchun elektrik va pnevmatik sistemalardan foydalaniladi. Elektr sistema yordamida masofaga signal uzatish uchun mo'ljallangan ratometrning ishlash prinsipi kuyidagicha. differensial transformatorning temir uzagi ratometr kalkovichdagi shtok bilan mexanik boglangan. Sarf o'zgarishi bilan kalkovich temir uzakni suradi. Natijada transformatorning ikkilamchi chulgamidagi elektr yurituvchi kuch xam uzgaradi. Transformator bilan utgazgich orqali ulangan voltmetrning shkalasi sarfini o'lchash uchun darajalangan bo'ladi. MS. Elektr sistema yordamida masofaga signal uzatuvchi ratometrning sxemasini chizing va ishlash prinsipini tushuntirib bering. Elektromagnit (induksion) sarf o'lchagichlar. Ishlash prinsipi tashqi magnit maydon ta'sirida elektr tokini o'tkazuvchi suyuqlik okimida hosil bo'lgan EYuK ni o'lchashga asoslangan. EYuK ning qiymati, magnit maydoni uzgarmas bo'lgan quyidagi tenglama orqali aniklanadi. E=B. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.65 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.65 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga