Rostlagichlar. Rostlash qonunlari. Bajaruvchi mexanizmlar. Avtomatik rostlash sistemalarining statik va dinamik xarakteristikalari Avtomatik rostlash sistemalarining asosiy texnika vositalaridan biri rostlagichlardir. Rostlagichlarni vazifasi obyektni belgilangan rejimda ishlashini ta'minlashdan iboratdir. Konkret texnologik jarayonni boshqarish uchun maxsus tayyorlangan rostlagichlar ishlatilishi mumkin. Bunday rostlagichlar kator talablarga javob berishi kerak: jumladan ularni aniq signalli datchiklarga ulash mumkinligi, standart, normallashgan yoki normallashmaganligi. Datchiklarni ulash usuli bo'yicha rostlagichlar ko'rishni 3 ta usuli mavjud: agregatli, apparatli, priborli. Agregatli prinsipda rostlagich kirishiga fakat standartlashgan datchiklar ulanadi. Bunday prinsipda sanoatda ishlab chiqilgan elektrik, gidravlik o'lchash uzgartkichlari ishlatiladi. Apparat prinsipida-rostlagichni kirish kismini almashtirish mumkin, bunda xar-xil datchiklardan foydalanishga imkon bo'ladi. Pribor prinsipida datchik ikkilamchi o'lchov asbobiga ulanib, uni ko'rsatish qo'shimcha uzgartkich orqali rostlagichka ulanadi. Rostlagichlarga qo'yiladigan asosiy talablar: rostlash qonunini aniq bajarilishi, rostlash qonunini uzgartirish mumkinligi, parametrlarini uzgartirish mumkinligi. Rostlagichlarni ikki turi mavjud: to'g'ri ta'sirli, to'g'ri bo'lmagan ta'sirli. Ularda uch xil energiya toshuvchilar ishlatiladi: elektr toki, kisilgan havo, suyuqlik. Demak energiya tashuvchilar turiga karab rostlagichlar: elektrik, gidravlik va pnevmatik turlariga bulinadi. Rostlagichlarni elektrogidravlik, elektropnevmatik turlari xam mavjud. Bu rostlagichlar standart qonunli rostlagichlardir. Ushbu tenglama y proportsional-integral-diferentsial (PID) qonunli rostlashni ifodalaydi. y-rostlagichni rostlovchi organga ta'siri (chiqish signali) x-rostlanayotgan kattalikni belgilangan qiymatdan chetlanishi (kirish signali) a0, a1, a2-rostlagich koeffitsiyenti. Standart rostlash qonunini tashkil etuvchi ifodalar: y=a0X - proportsional (P) t y = a1∫xdt - integral (I) y - diferentsial (D) Rostlagichlar P, PI, PID rostlash qonunlari bo'yicha ishlaydi. Elektrik rostlagichlar. -Ishlab chiqarishda elektrik rostlagichlar kuplab ishlatiladi, chunki xar-xil fizik kattaliklarni elektr usuli bilan aniqlash 1. Rasm. ∑ - takkoslovchi element, 42K-kuchaytirgich, B. M-bajaruvchi mexanizm, T. A- teskari aloqa. oson. Elektrik rostlagichning blok sxemasi 1 rasmda ko'rsatilgan. Bajaruvchi mexanizm sifatida kupincha asinxron dvigatellar, elektrik klapanlar ishlatiladi. Pnevmatik rostlagichlar. Bunday rotslagichlarni ishlash prinsipi kisilgan havoni energiya manbai sifatida ishlatishga asoslangan. Afzalliklari-yongin va portlash xavfi yokligi, zaharli muhitda xam ishlatish muminligi, arzon va soddaligidir. Avtomatika elementlariga pnevmatik sigimlar, drossellar, menbranalar, silfonlar, prujina va boshqalar kiradi. Pnevmouzatkichlar sifatida metall yoki plastmassa trubkalar ishlatiladi. Pnevmatik rotslagichni blok sxemasi 2 rasmda ko'rsatilgan. Bajaruvchi mexanizm sifatida pnevmo mexanik qurilmalar ishlatiladi. Gidravlik rostlagich. Gidravlik rotslagichlarda suyuqlik energiya manbai sifatida ishlatiladi. 3 Rasmda gidravlik rotslagichni blok sxemasi ko'rsatilgan. Gidravlik bajaruvchi mexanizmlar sifatida gidro dvigatellar ishlatiladi. 4 - rasmda gidrodvigatellarni sxemasi 3 Rasm. ∑ - takkoslovchi element, BK-bosim kuchaytirgich, ko'rsatilgan. KK-quvvat kuchaytirgich, BM-bajaruvchi mexanizm, TA- teskari aloqa. MS. Rostlagichlarni yana qanday turlarini bilasiz, misollar keltiring. Nazorat savollari Rostlagichlarning vazifasi nimadan iborat? Rostlagichlarni qanday turlarini bilasiz? Rostlash qonunlarini matematik ifodasini tushuntirib bering. Elektrik rostlagichlarni ...

Joylangan
04 May 2024 | 07:58:22
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
143.94 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
143.94 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: docx