hisoblash tizimlarini imitatsion modellashtirish Reja: Immitatsion modellashtirish protsedurasi. Immitatsion modellashtirishni umumlashgan algoritmi. 1. Imitatsion modellashtirish protsedurasi Immitatsion modellashtirish usulining mohiyati shundan iboratki , tizimni va tashqi muhit ta'sirlarini mantik-analitik(matematik) modelini yaratishdan iborat bo'lib , tizimni ishlash jarayonini imitatsiya qilishdan iboratdir, yani tashqi ta'sirlar ostidagi tizim holatini vaqt bo'yicha o'zgarishini aniklashdan iborat. Natijada chiqish parametrlarini bir kancha qiymatlarini aniqlash bilan tizimni asosiy ehtimollik xarakteristikalarini aniklashdan iborat . Bu ta'rif asosan stoxastik tizimlar uchun mos keladi . Deterministik tizimlar uchun chiqish xarakteristikalarini qiymatlarini to'plamini olish shart emas .Strukturali prinsipli boshqarishdagi tizim modeli elementlarning majmuasi modeli va ularning funksional o'zaro bog'lanishi ko'rinishida ifodalanadi. Element modeli(agregat , xizmat ko'rsatish prebori) bu-birinchi galda qurilmani kirish ta'sirlariga (talablarga) bo'lgan harakat qoidalari (algoritmlari) majmuasi va elementlar holatlarini o'zgarish qoidasidir.hisoblash tizimlarini tizim satxida modellashtirish jarayonida element u yoki bu detallashtirish satxida funksional qurilmani aks ettiradi. Eng oddiy holda qurilma ishga yarokli yoki rad etish xollarida bo'lishi mumkin. qurilmalarni o'zaro funksional bog'lanishi talablarini kirish qurilmalaridan chiqishga mumkin bo'lgan harakat yo'llarini aniklaydi.Ular hisoblash tizimlarini funksional tuzilmasini shakllantiradi. tashqi muhit ta'sirlari modeli bu-tizimga kiruvchi kirish signallarini (talablarini) kelib tushish dakikalarini,talablarini tizimdagi marshrutini va qayta ishlanish algaretmini ustivorligini qurilmalar yordamida talablarga xizmat ko'rsatish ish xajmini aniqlash qoidalaridir. Imitatsion modellashtirish-bu tadqiq etish usuli bo'lib,tahlil etilayotgan denamik tizim imitator bilan almashtiriladi va u bilan urganilayotgan tizim haqida axborot olish uchun tajribalar o'tkaziladi. Stoxastik tizimlarni imitatsion modellashtirish usulining mohiyati tasodifiy miqdorlarni hisoblash usuli bilan tadqiq etiladi.Bu usul statik sinash usuli yoki Monte-Karlo usuli deyiladi. Bu usulning mohiyati kuidagicha:tasodifiy miqdorni u taksimlanish funksiyasini aniqlash talab etilsin.Faraz kilaylik,kidirilayotgan u quyidagi ko'rinishda ifodalanishi mumkin Bu yerda -malum taksimlanish funksiyasiga ega bo'lgan tasodifiy kattaliklar bulsin.Bu masalani yechish uchun quyidagi algoritmlardan foydalaniladi: Xar bir kattalik bo'yicha tasodifiy miqdorlarni konkret qiymatlari topiladi; 2) Topilgan miqdorlar bo'yicha ui ni xususiy qiymati yuqoridagi bog'lanish bilan topiladi. 3) Oldingi amallar N marta takrorlanadi va natijada tasodifiy miqdorni U. 4) U miqdorini N ta qiymatiga asosan uning empirik taksimlanish funksiyasi topiladi. 2 Imitatsion modellashtirishni umumlashgan algoritmlari Ayrim holatlar prinsipi bo'yicha modellashtirish algoritmi. Ayrim holatlar sifatida tizimga kelayotgan (tushayotgan) talablarni belgilaymiz yoki talabga xizmat kursatgandan sung element bushashi mumkin.Umuman,tizimda alohida holatlar sifatida boshqa turdagi hodisalar xam tanlab olinishi mumkin,masalan talabga xizmat ko'rsatish jarayonini rad etilishi va rad etilgandan sung qurilmani tiklashni tugallanishi. Rasm. Ayrim holatlar prinsipi bo'yicha modellashtirish algoritmi. Bu algoritm bo'yicha oddiy siklik modellashtirish jarayoni kuidagi amallarni bajarishga keltirilgan: minimal vaqtli hodisa aniklanadi-eng boshlang'ich hodisa; model vaqtiga eng boshlang'ich hodisani sodir bo'lish vaqti tayinlanadi; hodisa ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.8 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.8 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:14 ]
Arxiv ichida: doc