Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik Reja: Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik. Ikkita A i V tasodifiy hodisalar bir-biri bilan qancha-lik bog'langan, bu hodisalardan bittasining sodir bo'lishi ik-kinchisining sodir bo'lish imkoniyatiga qay darajada ta'sir qi-ladi degan savol tez-tez paydo bo'ladi. Ikkita hodisa o'rtasidagi bog'lanishning eng sodda misoli sifatida hodisalardan birining sodir bo'lishi ikkinchisining albatta sodir bo'lishiga olib keladigan yoki, aksincha, hodisalar-dan birining sodir bo'lishi ikkinchisining sodir bo'lish imko-niyatini yo'qqa chiqaradigan holatlarni keltirish mumkin. Agar eksperiment natijasida A va V hodisalar bir vaqt-ning o'zida ro'y berishi mumkin bo'lmasa, ular birgalikda bo'lma-gan hodisalar deb ataladi, aks holda esa birgalikda bo'lgan hodi-salar deb ataladi. 1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Uning standart bo'lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. «Tavak-kaliga olingan detalning standart bo'lishi» va «Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo'lishi» hodisalari birgalikda bo'lmagan hodisalardir. Agar hodisalar elementar hodisalar fazosining qism to'p-lamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o'rtasidagi munosa-batlarni to'plamlar o'rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo'lmagan hodisalar - bu umumiy elementar hodisalarga ega bo'lmagan hodisalardir. Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro'y berishidan V hodisaning ro'y berishi albatta kelib chiqsa, A hodisa V hodi-sani ergashtiradi deyiladi va bu orqali belgilanadi. Agar va bo'lsa, u holda bo'ladi. 2-misol. Shashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiq-di» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi. Ikkita A va V hodisalarning yig'indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro'y berishidan iborat bo'lgan hodisaga aytiladi. U A+V yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig'indisi deb shu hodisalardan hech bo'lmaganda bittasining ro'y berishidan iborat bo'lgan hodisaga aytiladi. 3-misol. Zambarakdan ikki marta o'q uzilmoqda. Agar A ho-disa birinchi o'q uzishda nishonga tegish, V esa ikkinchi o'q uzish-da nishonga tegish hodisasi bo'lsa, u holda A+V hodisasi yo bi-rinchi o'q uzishda, yo ikkinchi o'q uzishda, yo ikkala o'q uzishda ni-shonga tegish hodisasi bo'ladi. Ikkita A va V hodisalarning ko'paytmasi deb A va V hodi-salarning birgalikda ro'y berishidan iborat bo'lgan hodisaga ay-tiladi. U AV yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisa-larning ko'paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birga-likda ro'y berishidan iborat bo'lgan hodisaga aytiladi. 4-misol. Yashikda birinchi va ikkinchi sonli zavodlarda ish-lab chiqarilgan detallar bor. Agar A hodisa standart detalning chiqishi, V esa detal birinchi sonli zavodda tayyorlangan hodisa-si bo'lsa, u holda AV hodisasi birinchi sonli zavodning standart detali chiqishi hodisasi bo'ladi. A hodisaga qarama-qarshi hodisa orqali belgilanadi. U A hodisa ro'y bermaganda va faqat shu holdagina ro'y bergan hi-soblanadi. Boshqacha qilib aytganda, A va hodisalar ikkalasi jamlanib muqarrar hodisani tashkil etadigan birgalikda bo'l-magan hodisalardir, yani ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.6 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:14 ]
Arxiv ichida: doc