Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati Reja: Sinf rahbari-o'quvchilarning birinchi tarbiyachisi. o'quvchilarni o'rganish. o'quvchilarning bilim sifatini oshirish va intizom. Sinf rahbari malakasini oshirish. Tayanch iboralar: tarbiyaviy, malaka, bilim, sifat, o'quvchi, tarbiya, ish, maktab. Sinfda ishlarni asosiy yulga quyuvchi, o'quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va obruli o'qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yulga quyish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas'uliyati, sinfda o'quv-tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o'quvchilarni xar tomonlama kamol topishi tug'risida, ularni mehnatsevarlik, kollektivizm ruhida tarbiyalash tug'risida, o'quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash tug'risida g'amxurlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning xammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, masul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi organlari oldida uziga topshirilgan sinfda g'oyaviy-siyosiy ishlarni ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yulga quyilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tarbiya berish va ularni ularni dustona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. U o'z sinfida dars berayotgan o'qituvchilar olib borayotgan o'quv tarbiya ishlarining xususiyatlarini o'rganadi, ularning o'quvchilarga quyadigan talablari hamda o'quvchilar bilan o'zaro aloqalarini o'rganadi, ayrim o'quvchilar xulq-atvori haqida ularga ta'sir ko'rsatish metodlari haqida o'qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining azosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o'rganadigan xar bir talaba avvalo quyidagilarni yaxshi urgangan va xar jihatidan puxta uzlashtirgan bulmog'i lozim. Yani tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g'oyalarni, malum maqsadga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo'yiladigan talablar va uni xurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta'sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o'quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo'lishini o'z ichiga oladi. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlanmasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun etiborni o'quvchi shaxsiga, uni xar tomonlama kamol toptirishga qaratilmog'i lozim. Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi qismlarga bulinadi. o'quvchilarni o'rganish sinfga rahbarlik qilish sinfni xar qaysi o'quvchini o'rganishdan boshlanadi. Buning natijasida sinfda tarbiyaviy ishlarni tug'ri, ratsional tarzda yulga quyish uchun , o'quvchilarga individual yondoshishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan sharoit yuzaga keladi. Sinf o'quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf o'quvchilar jamoasini uyushtirish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o'quvchilarni inoq va malum maqsadni kuzlagan jamoaga jipslashtirar ekan, o'quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli xal etish uchun zamin yaratadi. Sinf birdaniga jamoa bo'lib shakllanib quya qolmaydi. Sinfda sinf rahbari bilan birgalikda faoliyat ko'rsatish tajribasi tuplagan taqdirda, faollar usib chiqqan, ijobiy an'analar barpo etilgan taqdirda, urtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamoa ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.86 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.86 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:39 ]
Arxiv ichida: doc