Matematika darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish («Domino» o'yini misolida). «ta'lim to'g'risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari» talablarini bajarish, o'quvchilarga matematika fani bo'yicha dars mashg'ulotlari jarayonida chuqur, mazmunli bilim va amaliy ko'nikmalar berish uchun ta'lim-tarbiya berishning turli usul va metodlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Matematika fani o'zlashtirilishi qiyinroq fan bo'lganligi uchunmi, o'quvchilarning ayrimlari bu darsga qiziqmaydilar. Bilim, malaka olishi va ish faoliyatida undan foydalanishga harakat qilmaydilar. Ayrim sinflarda bunday o'quvchilarni salmog'i anchani tashkil etadi. O'tish davri bo'lganligi sabablimi, ayrim matematika o'qituvchilari bu holga ko'nikkanliklari uchun ko'p ham etibor berishmaydi. Lekin o'z o'quvchilarini hurmat qiladigan, o'z kasblarini sevadigan, jonkuyar maorifchi o'qituvchilar har bir darsni jonli, o'quvchilarni faol ishtirok etishlariga erishish, ularga chuqur bilim va mustahkam ko'nikma berish uchun ta'lim-tarbiya berishning turli usullaridan foydalanishga harakat qilmoqda. O'quvchilarni darslardagi tushunchalarni puxta o'zlashtirishida darsga bo'lgan qiziqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o'qituvchi oldida o'quvchilarni darsga qiziqtira olish muammosi turadi. Bunday holatni hal etishning turli usullari mavjud: Darslarda mahalliy materiallardan foydalanish orqali; Turli sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali; Dars jarayonida turli didaktik o'yinlardan foydalanish; O'quvchilarga chuqur, mazmunli bilim berishda innovatsion usullardan foydalanish; O'qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish; Darslarni noan'anaviy usullarda tashkil etish va boshqalar. Matematika darslariga o'quvchilar qiziqishini oshirish hamma sinflarda ham amalga oshirilishi kerak bo'ladi. Buning uchun esa o'qituvchi ijodkor bo'lib, bolalarning yoshi, amaliy bilim va ko'nikmalarini hisobga olib, ayniqsa bolalarning qabul qilish darajalarini etiborga olib, didaktik o'yinlarni tanlashi hamda tayyorgarlik qilishi yaxshi bo'ladi. Matematika darslarida foydalanishi mumkin bo'lgan o'yinlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Matematika darslarida «Ishchanlik o'yinlari»dan foydalanish. «Sayohat» darslari. «Cho'qqiga kim birinchi chiqadi» o'yini. «Loto» o'yini. «Domino» o'yini va boshqalar. Matematika darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan o'yinlar ichida «Domino» o'yinining imkoniyatlari boshqalariga nisbatan katta bo'lib, uni arifmetika, algebra va geometriya mashg'ulotlarida qo'llash mumkin. «Domino» o'yini eng sodda o'yinlardan biri bo'lib, unda 2 kishi yoki 4 kishi ishtirok etishi mumkin. Uning qoidalari domino o'yini qoidasiga o'xshaydi. Bu o'yinda domino toshlari o'rniga savol va javob yozilgan kartochkalar bo'ladi. Mavzuning katta-kichikligiga qarab bir nechta kartochkalar tayyorlanadi. Kartochkalarda shu mavzuga oid savol va javob yoziladi navbatdagi kartochkaga esa javob va savol yoziladi. O'qituvchi tomonidan yoki o'quvchilarni o'zlari kartochkani yozuviga qaramay bo'lib oladilar. So'ngra birinchi o'quvchi topish yani domino kartochkasini qo'yadi. Ikkinchi o'quvchi o'zidagi kartochkalar ichidan mazkur savolga javob qidiradi. Topsa, savol kartochkani yoniga ilib qo'yadi. Topolmasa, birinchi o'quvchi o'zidagi kartochkalar ichidan javobni topib qo'ydi. (Albatta hamma savolni oldindan tayyorlangan, ammo taqsimot davrida bir o'quvchiga javob ko'proq savolga mos kelib qolishi mumkin, buni hisobiga ...

Joylangan
04 May 2024 | 08:01:46
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 13:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 May 2024 [ 08:01 ]
Bo'lim
Matematika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 13:42 ]
Arxiv ichida: doc