Matematika darslarida ishchanlik o'yini tashkil etish

Matematika darslarida ishchanlik o'yini tashkil etish

O'quvchilarga / Matematika
Matematika darslarida ishchanlik o'yini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Matematika darslarida ishchanlik o'yini tashkil etish Reja: 1. Ishchanlik o'yinini maqsad, vazifasi haqida. 2. Ishchanlik o'yinini ahamiyati ta'lim to'g'risidagi qonun, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 203-qarori asosida dasturga kiritilgan o'zgarishlar, 199 yil 16-avgustdagi umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi Respublika Vazirlar Mahkamasining 390-qarori, Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingini aniqlash ishlarini joriy etishni yanada takomillashtirish to'g'risidagi Respublika xalq ta'limi Vazirligining 2001-yil 14-sentyabdagi 133-buyrug'i va bu buyruqqa ilova qilingan sinov nizom talablarida umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilariga ta'lim tarbiya berishda chuqur mazmunli bilim berish, amaliy ko'nikma hosil qildirish uchun ta'lim berishni turli usul va vositaliridan foydalanishni tavsiya etilgan. Bunday tavsiyalarga: Noan'anaviy darslar tashkil etish, o'qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish, yani axborot texnologiyalaridan kompyuterlardan foydalanish, yani pedagogika texnologiyalarini joriy etish; mahalliy materiallardan foydalanish; Buyuk allomalar merosidan to'g'ri foydalanish; O'quvchilar faolligini oshirish; Sinfdan tashqari ishlarning to'g'ri tashkil etish; Darslarda didiktik materiallardan foydalanish. Matematika darslari jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish va boshqalarni kiritish mumkin. Matematika fani o'rganilishi jihatidan boshqa sohalarga nisbatan biroz qiyinrok bo'lganligi uchun o'quvchilarda bu sohaga qiziqish, o'zlashtirish darajasi farq qiladi. Shuning uchun ham darslarni o'quvchilarga yaqinrok bo'lishga, qiziqarli misol, masalalar bilan boyitilishiga to'g'ri keladi. ayniqsa, o'quvchi teorema, yoki qiyinrok masalalarni hal etish davomida miyaning qabul qilish darajasi susayib ,ularda zerikish alomatlari sodir bo'la boshlaydi. Agar o'qituvchi bu holatni o'z vaqtida sezib, ularni bu holatdan chiqarishga harakat qilmasa, bu darsdan kutilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. O'qituvchi kishi ruhini muhandisidir deb aytilmagan. Demak o'qituvchi o'quvchilar aql faoliyatini vaqti-vaqti bilan o'zgartirib berish xususiyatiga egadir. O'quvchilarni dars jarayonida charchaganligini sezilgan vaqtda didaktik o'yinlar tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Bunday o'yinlarga Ishchanlik o'yinlari misol bo'ladi. Sarlavhadan malum bo'ladiki, ishchanlik deganda tez, to'g'ri, chaqqon holda ishni yakunlash manoni anglash mumkin. Demak bu o'yinda o'quvchilar o'rtasida aqliy ish yuzasidan musobaqa bo'lar ekan. Haqiqatdan ham, bolalarda bilim olishdan ham birinchi bo'lish, o'qituvchini rag'batlantirishini eshitish ishtiyoqi ancha kuchli bo'ladi. Mohir o'qituvchilar mana shu vaziyatdan unumli foydalanib qoladilar. Maktablarda matematika darslaridagi tashkil etiladigan Ishchanlik o'yin laridan maqsad o'quvchilardagi bilim, malakalarni mustahkamlash bo'lsa ham eng asosiysi ularni darsga bo'lgan qiziqishlarini ortirishdir. Ishchanlik o'yin lari masala yechish, misol ishlash, testlar yechish, og'zaki sovol-javob tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishchanlik o'yini tashkil etishdan maqsad. 1. Dars jarayonida o'quvchi fikrini chalg'itish 2. Bilim va malakalarni mustahkamlash 3. Tez, chaqqon, to'g'ri ish bajarishga o'rgatish 4. O'quvchini matematika sohasiga bo'lgan qiziqishini oshirishdir. Vazifasi o'quvchilarni qisqa muddatda turli tushuncha, formulalardan foydalangan holda amaliy ish bajarish, ko'nikmalarini hosil qilish yoki mavjud birlarini boyitishdan iboratdir. Yuqorida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.57 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 13:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Matematika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.57 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga